18:35 / 06.08.2021
15819

Rem va Romulga sut bergan ona bo‘ri timsoli shu yerda (foto)

Foto: UzbekLife

Qariyb bir yildan buyon Yevropadaman. Aniqrog‘i, Litva Respublikasining Vilnius shahridagi “GIRTEKA logistics” kompaniyasida yuk mashina haydovchisi sifatida faoliyat ko‘rsataman. Kasbim taqozosi bilan Yevropaning ko‘plab davlatlarida bo‘laman. Shu kungacha Yevropadagi 16 ta davlat va undagi 197 ta shaharda bo‘lish nasib qildi, — deya UzbekLife’ga hikoya qiladi Jahongir Uzoqov.

Andijon viloyati Marhamat tumani Qovunchi qishlog‘ida tug‘ilib o‘sganman. Yoshim 26 da. “GIRTEKA logistics” kompaniyasiga ishga kelishdan oldin Andijon viloyati teleradiokompaniyasida 3 yil teleloyihalar suxandoni va boshlovchisi bo‘lib ishlaganman.

“GIRTEKA logistics” kompaniyasining Bosh ofisi Litvaning Vilnius va Shaulyay shaharlarida joylashgan. U 40 ga yaqin mamlakatlarga o‘z xizmatini taqdim etadi. Haydovchilarning oylik maoshlari o‘rtacha 2000 yevro.

Yaqinda xizmat safari sabab yo‘lim Ispaniyaga tushdi. UzbekLife kuzatuvchilariga mamlakatdagi Kastiliya va Leon qirolligidan qiziqarli rasmlarni taqdim qilmoqchiman.

E’tiborlisi, Rem va Romulga sut bergan ona bo‘ri timsoli ham shu yerda joylashgan.

Siz ham o‘z hikoyalaringizni biz bilan bo‘lishmoqchi bo‘lsangiz Telegram’da http://t.me/uzbeklifebot’ga murojaat qiling.

Jahongir Uzoqov
Yevropa

Mavzuga oid
Top