Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Yevropaning qator mamlakatlariga nisbatan bojlar kiritilishini e’lon qildi
Uning ta’kidlashicha, 1 iyundan tarif 25 foizga oshiriladi, bojlar esa "Grenlandiya to‘liq va yakuniy jihatdan qo‘lga kiritilmaguncha" amal qiladi.
Foto: REUTERS / Kevin Lamarque
AQSh prezidenti Donald Tramp Daniya, Norvegiya, Shvetsiya, Fransiya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Niderlandiya va Finlandiyaga nisbatan bojlar joriy etilishini e’lon qildi.
"2026 yil 1 fevraldan boshlab yuqorida nomlari tilga olingan mamlakatlarning AQShga yetkazib beradigan barcha mahsulotlari uchun o‘n foizlik boj joriy etiladi", — deb yozdi u Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida.
Uning qayd etishicha, 1 iyundan tarif 25 foizga oshiriladi, bojlar esa "Grenlandiya to‘liq va yakuniy jihatdan qo‘lga kiritilmaguncha" amal qiladi.
Trampning so‘zlariga ko‘ra, AQSh uzoq yillar davomida Daniya va YeIning barcha mamlakatlariga subsidiya berib kelgan. Endi esa ular Grenlandiyaning olinishiga to‘sqinlik qilib, "xavfli o‘yin qilishmoqda".
Avvalroq Oq uy ma’muriyati rahbarining o‘rinbosari, AQSh prezidentining ichki xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Stiven Miller Grenlandiyani faqat uni himoya qiladiganlargina nazorat qilishi mumkinligi, Daniya esa bunga juda kichiklik va ojizlik qilishini aytgandi.
Shu haftada Daniya va Grenlandiya tashqi ishlar vazirlari Oq uyda AQSh davlat kotibi Marko Rubio va vitse-prezident Jyey Di Vens bilan uchrashuv o‘tkazdi, lekin Amerikaning Grenlandiya bo‘yicha nuqtai nazarini o‘zgartirishga erisha olmadi.
Yevropa mamlakatlari orolga o‘z harbiylarini jo‘natishga tayyorligini bildirgan, ammo Oq uy matbuot kotibi Karolin Levittning so‘zlariga ko‘ra, bu AQSh prezidentining rejalariga hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi.
Mavzuga oid
19:10 / 09.04.2026
Tramp Eronga yana keng ko‘lamli zarbalar bilan tahdid qildi
18:21 / 08.04.2026
Tramp Eronga qurol yetkazib beruvchilarga 50 foizlik bojlar bilan tahdid qildi
15:35 / 08.04.2026
Eron va AQSh baribir kelishdi. Asosiy ma’lumotlar
06:22 / 08.04.2026