08:15 / 07.08.2021
5404

Vazirlar Mahkamasini yuridik ta'minlash tartibi o‘zgartirildi

Vazirlar Mahkamasining «VMning 12.03.2019 yildagi «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Yuridik ta'minlash boshqarmasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi 212-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

Prezidentning 10.06.2021 yildagi «Vazirlar Mahkamasi faoliyatini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-5143-son qaroriga hamda Vazirlar Mahkamasining 14.06.2021 yildagi «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy bo‘linmalari tuzilmasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi 370-son qaroriga muvofiq quyidagi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritiladi:

Nizomda Yuridik ta'minlash boshqarmasi funksiyalari quyidagilar bilan to‘ldirildi:

  • qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini samarali va rejali tashkil qilish hamda ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha ta'sirchan choralar ko‘rishda ishtirok etish.
  • Bunda Yuridik ta'minlash boshqarmasi Adliya vazirligi bilan birgalikda huquqni muhofaza qiluvchi va ijro etuvchi organlar tomonidan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi bo‘yicha «Ijro.gov.uz» tizimiga kiritilgan ma'lumotlarni tahlil qiladi va belgilangan tartibda Hukumatga kiritilishini ta'minlaydi.

Boshqarmaning NHHlarni tayyorlash sohasidagi funksiyalarining yangi tahriri keltirildi. Xususan, Boshqarma:

  • normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarning va qabul qilingan normativ hujjatlarning tartibga solish ta'sirini baholashni amalga oshiradi;
  • qabul qilingan normativ hujjatlarni tartibga solish ta'sirini baholashdan o‘tkazish rejasi ishlab chiqilishi, jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazilishi va tasdiqlanishini tashkillashtiradi;
  • huquqni qo‘llash amaliyoti va ilg‘or xorijiy tajribadan kelib chiqqan holda normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlashning barcha bosqichlarida tartibga solish ta'sirini baholash tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha asoslantirilgan takliflar tayyorlaydi va boshqalar.

Qarorda boshqa o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritilishi ham nazarda tutilgan.

Mavzuga oid
Top