11:32 / 12.08.2021
41752

Guliston tumanida «to‘rtlik» almashdi

Sirdaryo viloyati Guliston tumanida hokim, prokuror, IIB boshlig‘i va DSI rahbari ishdan ketdi.

Bugun, 12 avgust kuni Guliston tumani hokimligida Xalq deputatlari Guliston tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada  tashkiliy masala ko‘rib chiqildi. 

Sirdaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berishicha, yig‘ilishda ishtirok etgan viloyat hokimi G‘ofurjon Mirzayev Guliston tumani hokimi lavozimiga Saydimqul Shoyimqulovich Begimqulov nomzodini Xalq deputatlari Guliston tuman Kengashi sessiyasida tasdiqlash uchun tavsiya etdi.

Deputatlar reglamentga muvofiq  Guliston tuman hokimi lavozimiga Saydimqul Begimqulov nomzodini bir ovozdan ma'qullashdi.

Saydimqul Begimqulov 1993 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan va o‘tgan yillar davomida viloyatning iqtisodiy sohalarida turli lavozimlarda ishlab kelgan.

2012 yildan shu kunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Tovar xomashyo birjasi Sirdaryo viloyati filiali direktori lavozimida faoliyat yuritayotgandi.

Shuningdek, sessiyada tuman sektor rahbarlarining ham faoliyatlari qayta ko‘rib chiqildi. Unga ko‘ra, tuman prokurori lavozimiga Dilshod Muhammadovich Sangirov, IIB boshlig‘i lavozimiga Shodiyor Usmonovich Ibragimov, tuman Davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga esa Hasan Nabijon o‘g‘li Farsaxanov tayinlandi.

  • Ma'lumot uchun, Guliston tumaniga 2018 yil kuzidan buyon Shavkat G‘ofurov rahbarlik qilib kelayotgandi.
  • Bundan oldinroq 2016 yildan buyon G‘ijduvon tumani hokimi lavozimida ishlagan Murodjon Umarov ishdan olinib, uning o‘rniga Buxoro viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Ashurov tumanning yangi hokimi etib tayinlangani xabar qilingandi.
  • Shuningdek, Samarqand viloyati Payariq tumani hokimi Dilshod Musinov ham ishdan olingani xabar qilingan. Kun.uz manbasi ma'lum qilishicha, bu tumanda ham «to‘rtlik» to‘liq tarkibda ishdan ketadi.
Mavzuga oid
Top