Joriy yilning 18 oktabr kuni Xalq deputatlari Guliston tumani Kengaşining navbatdan taşqari sessiyasi ötkazildi. Bu haqda Sirdaryo viloyati hokimligi xabar bermoqda.
Sessiyada taşkiliy masala körib çiqilgan. “Mahalliy davlat hokimiyati töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Qonunining 2-moddasiga muvofiq Sirdaryo viloyati hokimi qaroriga asosan, Guliston tuman hokimi Abdumavlon Ibodullayev lavozimidan ozod etilib, Şavkat Ğofurov Guliston tuman hokimi lavozimiga tayinlandi.
Ş.Ğofurov 1965 yilda Jizzax viloyatida tuğilgan. 1995 yilda Toşkent davlat agrar universitetini tamomlagan. 2012 yildan şu kunga qadar Sirdaryo viloyati “Agrokimyohimoya” aksiyadorlik jamiyati direktori lavozimida işlab kelgan.
Eslatib ötamiz, Abdumavlon Ibodullayev 2017 yil 28 aprel kuni tuman hokimi lavozimini egallagandi.
14 oktabr kuni Özbekiston boş vaziri Abdulla Aripov raisligida paxta yiğim-terimi masalasiga bağişlangan selektor yiğilişi ötkazilgan edi. Unda şu masalada sustkaşlikka yöl qöygan hokimlar, mansabdorlar qattiq tanqid qilingandi.
Selektorda 100dan ortiq rahbar şaxslarga (tuman hokimlari, prokurorlari, IIB boşliqlari va DSI boşliqlari) paxta sabab intizomiy çoralar qöllangani (ularning bir qismi işdan olingan, bir qismiga hayfsan berilgan yoki ikki oylik maoşidan mahrum etilgani haqida xabar qilingandi.
Şuningdek, boş vazir selektor vaqtida viloyatlar hokimlariga respublika böylab 10 hokimni işdan böşatiş böyiça taqdimnomalar kiritiş haqida topşiriq bergan. Şundan söng Farğona şahri va Farğona tumani hokimi işdan olingan, Urganç tumanida hokim almaşgan,













