22:31 / 22.08.2021
22333

Merkel “Shimoliy oqim-2” qurol sifatida qo‘llansa, Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritilishi bilan tahdid qildi

Germaniya Rossiya “Shimoliy oqim-2” gaz quvurini qurol sifatida qo‘llashga harakat qilsa, Moskvaga qarshi yangi sanksiyalar kiritishni qo‘llab-quvvatlaydi. Bu haqda Germaniya kansleri Angela Merkel Kiyevga tashrifi doirasida aytib o‘tdi. Biroq uning ta'kidlashicha, Ukraina Yevropa 25 yildan keyin Rossiyadan gaz olishni to‘xtatishiga tayyor turishi lozim.

“Ukraina tomonining xavotirlanishini jiddiy qabul qilamiz. Shu sababli Moskvadagi muzokaralar vaqtida bu muammoni ko‘tardim va Rossiya o‘z maqsadiga erishish uchun gaz quvuridan qurol sifatida foydalansa, unda Yevropa doirasida unga qarshi yangi sanksiyalar kiritilishini qo‘llab-quvvatlashimizni aytdim”, deb ta'kidlab o‘tgan Merkel Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan matbuot anjumanida.

Kanslerning aytishicha, Yevropa 25 yildan keyin Rossiya gaziga bog‘liq bo‘lmaydi. “Eng kechi bilan 25 yildan keyin Yevropada Rossiyadan gaz umuman eksport qilinmaydi yoki juda oz miqdorda olinadi. Ukraina bunga tayyor turishi lozim. Ukraina qolgan davlatlar kabi ushbu holat yuz berganda, nima qilishi kerakligini bilmog‘i lozim. Misol uchun, vodorod bo‘yicha hamkorlik qilish mumkin. Biroq bu loyihani bosqichma-bosqich amalga oshirish lozim, 2024 yilda u gaz o‘rnini bosa olmaydi”, deb ta'kidlab o‘tgan Germaniya yetakchisi.

Merkel Kiyevga tashrifi oldidan Moskvada bo‘lib, Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashgandi.

Top