10:02 / 02.09.2021
2243
Samarqandda banklardan birining juda ko‘p miqdordagi mablag‘larini o‘zlashtirgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand shahar prokuraturasi tomonidan tadbirkorlardan biriga nisbatan qonunga zid ravishda soxta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani to‘g‘risidagi xabarlar tarqaldi. Viloyat prokuraturasi axborot xizmati holat haqida ma'lumot berdi.

Ma'lum qilinishicha, «Samarqand bank» OATBning juda ko‘p miqdordagi mol-mulklari firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritilgani holati bo‘yicha Samarqand shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Qayd etilishicha, hozirgi kunda Past Darg‘om tuman IIB tergov bo‘limi tomonidan mazkur jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda. Ta'kidlanishicha, jinoyat ishi tergovi viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.

Top