15:02 / 03.09.2021
46424
Qabul-2021: Natijalarni e'lon qilish boshlandi

2021/22 o‘quv yili uchun bakalavriatga kirish imtihonining yakuniy natijalari e'lon qilina boshlandi.

Davlat test markazi axborotiga ko‘ra, natijalar quyidagi jadvalga muvofiq e'lon qilinadi:

  • 15:00 dan – Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Navoiy, Buxoro, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari;
  • 16:00 dan – Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatlari;
  • 17:00 dan – Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Toshkent viloyati va Toshkent shahri.

Natijani bilishning 6 usuli

1. my.dtm.uz sayti orqali:

my.dtm.uz saytiga abituriyentning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya (ID) raqamini kiritgan holda.

2. mandat.dtm.uz sayti orqali:

mandat.dtm.uz saytining “Bakalavr-2021” bo‘limiga abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

3. Davlat test markazining quyidagi telegram botlari orqali (abituriyentning ID raqamini yuborgan holda):

4. SMS orqali:

5100 raqamiga abituriyentning ID raqami yuborilganda, mazkur telefon raqamiga tanlov natijalari bo‘yicha SMS xabarnoma yuboriladi (xizmat haqi mavjud).

5. QR-kod orqali:

Abituriyent ruxsatnomasining quyi qismidagi QR-kod (natijani ko‘rish uchun havola) ni skaner qilgan holda.

6. Test natijalari qaydnomasi orqali

Qaydnomalar oliy ta'lim muassasalariga taqdim etiladi.

Mavzu
Abituriyent-2020
20 iyun kuni OTMlarga hujjat qabul qilish boshlandi. Imtihonlar 1 avgust kuni boshlanishi rejalashtirilmoqda.
Barchasi
Mavzuga oid
Top