O‘zbekistonda elektron viza berish vaqtincha to‘xtatildi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi xabar qildi.

Qayd etilishicha, https://e-visa.gov.uz/ tizimida profilaktika ishlari o‘tkaziladi.
Shu munosabat bilan 2021 yil 6 sentyabrdan boshlab elektron viza rasmiylashtirish vaqtinchalik to‘xtatilgani aytiladi.
Elektron vizalar O‘zbekistonga kirish vizasini rasmiylashtirishning soddalashtirilgan tartibi o‘rnatilgan davlatlardan keluvchi fuqarolarga beriladi.
E-visa.gov.uz tizimi 2018 yil iyulida ishga tushirilgan.