20:51 / 15.09.2021
9838
«Real» «Inter» mehmoni, «Liverpul» «Milan»ga qarshi. O‘zbekistonlik futbolchi YeChLda debyutini o‘tkazishi mumkin

Seshanba kungi o‘yinlar bilan Yevropada klublar o‘rtasidagi eng nufuzli turnir sanalmish Chempionlar ligasi yangi mavsumi boshlandi. Bugun, 15 sentabr oqshomida esa ko‘hna qit'aning sakkizta stadionida turnirning mashhur madhiya sadolari ostida YeChL 1-turining 2-kungi o‘yinlari o‘tkaziladi. Chorshanba kungi to‘qnashuvlar orasida «Enfild Road» va «San Siro»da o‘tadigan to‘qnashuvlar markaziy maqomga ega.

«A» guruhida «Manchester Siti» «Leypsig»ga qarshi o‘yinda maydonga tushsa, Lionel Messi YeChLda «PSJ» safida ilk o‘yinini o‘tkazishi kutilayotgan bahsda parijliklar Belgiyada «Bryugge» mehmoni bo‘ladi.

«B» guruhida esa Suares – Grizmann hujum juftligidagi «Atletiko» Madridda «Portu»ni qabul qiladi. Nafaqat guruhdagi, balki turning markaziy o‘yinlaridan biri «Enfild Road»da o‘tkaziladi. Bungacha YeChL finallarida to‘qnash kelgan «Liverpul» va «Milan» endi guruh bosqichining ilk turida o‘zaro hisob-kitob qilishadi. Ibrahimovich shu kuni milanliklarga yordam bera olmaydi.

«S» guruhida «Beshiktosh» himoyachilari «Borussiya» goleadori Holandni to‘xtatishga urinishsa, «Sporting» «Ayaks»ga qarshi saf tortadi.

«D» guruhidagi ikki uchrashuv ham o‘zbekistonlik muxlislar e'tiborida bo‘ladi. «Inter»ning «San Siro»dagi «Real»ga qarshi bahsi oqshomning markaziy to‘qnashuvi nomiga asosiy da'vogar. Italiyalik mutaxassislar Anchelotti – Indzagi to‘qnashuviga aylanishi mumkin bu o‘yin.

Kamtarona «Sherif»ning «Shaxtyor»ga qarshi uchrashuvi ham o‘zbekistonliklar diqqat markazida bo‘ladi. Shu kuni Jasur Yaxshiboyev Moldova klubi safida Chempionlar ligasidagi debyutini o‘tkazishi mumkin. O‘tgan haftada «Sherif» safidagi debyut uchrashuvida bitta gol va assistga mualliflik qilgan 24 yoshli hujumkor yarimhimoyachining «Shaxtyor»ga qarshi maydonga tushishi mumkinligini bosh murabbiy Yuriy Vernidub o‘yin oldidan aytib o‘tdi. Shunday ekan, Yaxshiboyevga nufuzli turnirda muvaffaqiyatli debyut tilab qolamiz.

Chempionlar ligasi. 1-tur

15 sentabr (chorshanba)

«A» guruhi

«Manchester Siti» - «RB Leypsig»

O‘yin boshlanish vaqti: 23:59

Taxminiy tarkiblar:

«Manchester Siti»: Ederson; Uoker, Stounz, Ruben Diash, Kanselu; Gyundo‘g‘an, Rodri, de Bryuyne; Mahrez, Torres, Grilish

O‘ynamaydi: Steffen (betob)

«RB Leypsig»: Gulachi; Klostermann, Orban, Simakan, Anxelino; Laymer, Aydara; Soboslai, Olmo, Nkunku; Andre Silva

O‘ynamaydi: Xalstenberg (jarohat), Sarachchi (jarohat)

«Bryugge» - «Pari Sen-Jyermen»

O‘yin boshlanish vaqti: 23:59

Taxminiy tarkiblar:

«Bryugge»: Minole; Mata, Mexele, Nsoki, Sobol; Vanaken, Rits, Vormer; Lang, Sova, de Ketelare

O‘ynamaydi: Balanta (jarohat)

«Pari Sen-Jyermen»: Navas; Xakimi, Markinos, Kimpembe, Diallo; Errera, Danilu, Veynaldum; Messi, Mbappe, Neymar

O‘ynamaydi: Di Mariya (diskvalifikatsiya), Guey (diskvalifikatsiya), Kyurzava (jarohat), Verratti (jarohat), Ramos (jarohat).

«B» guruhi

«Atletiko» - «Portu»

O‘yin boshlanish vaqti: 23:59

TV-translatsiya: «Yoshlar»

Taxminiy tarkiblar:

«Atletiko»: Oblak; Lorente, Felipe, Ximenes, Ermoso, Karrasko; Koke, de Paul, Lemar; Suares, Grizmann

O‘ynamaydi: Savich (diskvalifikatsiya)

«Portu»: Diogu Koshta; Joau Mariu, Pepe, Markano, Manafa; Korona, Uribe, Serjiu Oliveyra, Otavio; Dias, Toremi

O‘ynamaydi: Marchesin (jarohat)

«Liverpul» - «Milan»

O‘yin boshlanish vaqti: 23:59

TV-translatsiya:

Taxminiy tarkiblar:

«Liverpul»: Alisson; Aleksander-Arnold, van Deyk, Matip, Roberson; Henderson, Fabino, Tyago Alkantara; Saloh, Jota, Mane

O‘ynamaydi: Eliott (jarohat), Firmino (jarohat), N. Uilyams (jarohat)

«Milan»: Menyan; Kalabriya, Tomori, Ker, Ernandes; Bennase, Kessi; Salemakers, Braim Dias, Rafael Leau; Rebich

O‘ynamaydi: Ibrahimovich (jarohat), Krunich (jarohat), Bakayoko (jarohat)

«S» guruhi

«Beshiktosh» - «Borussiya» Dortmund

O‘yin boshlanish vaqti: 21:45

TV-translatsiya: «Mahalla»

Taxminiy tarkiblar:

«Beshiktosh»: Ersing Destanoglu; Roze, Montero, Velinton, N'Sakalya; Souza, Xatchinson, Pyanich, Gezzal, Larin; Bachuayi

O‘ynamaydi: Vida (jarohat), N'Kudu (jarohat)

«Borussiya» Dortmund: Kobel; Mene, Akandji, Xummels, Gerreyru; Vitsel; Daud, Bellingem; Roys; Holand, Malen

O‘ynamaydi: Jan (jarohat), Kulibali (jarohat), Azar (jarohat), Morey (jarohat), Shmelser (jarohat), Shuls (jarohat), Tigges (jarohat), Zagadu (jarohat)

«Sporting» - «Ayaks»

O‘yin boshlanish vaqti: 23:59

Taxminiy tarkiblar:

«Sporting»: Adan; Gonsalu Inasiu, Netu, Feddal; Porro, Palinya, Mateus Nunes, Vinagre; Jovane Kabral, Paulinyu, Nunu Santush

O‘ynamaydi: Koates (diskvalifikatsiya), Pote (jarohat)

«Ayaks»: Pasveyer; Mazraui, Timber, Blind, Talyafiko; Gravenberx, Klassen, Alvares; Bergxeys, Alle, Tadich

O‘ynamaydi: Kudus (jarohat), Klayber (jarohat).

«D» guruhi

«Sherif» - «Shaxtyor»

O‘yin boshlanish vaqti: 21:45

TV-translatsiya:

Taxminiy tarkiblar:

«Sherif»: Atanasiadis, Fernando, Arboleda, Dulanto, Kristiano, Kolovos, Till, Addo, Traore, Kastaneda, Jasur Yaxshiboyev.

O‘ynamaydi: Belousov (jarohat)

«Shaxtyor»: Pyatov, Dodo, Marlon, Matviyenko, Ismaili, Maykon, Markos Antonio, Tete, Pedrino, Fernando Pedro, Traore.

O‘ynamaydi: Trubin (jarohat), Junior Moraes (jarohat).

«Inter» - «Real»

O‘yin boshlanish vaqti: 23:59

TV-translatsiya: «Sport»

Taxminiy tarkiblar:

«Inter»: Handanovich; Shkriniar, de Vrey, Bastoni; Darmian, Barella, Brozovich, Chalxanoglu, Perishich; Jyeko, Martines

O‘ynamaydi: Sensi (jarohat)

«Real»: Kurtua; Karvaxal, Militao, Alaba, Guterres; Valverde, Kazemiro, Modrich; Azar, Benzema, Vinisius

O‘ynamaydi: Kroos (jarohat), Sebalos (jarohat), Marselo (dam oladi), Mendi (jismoniy holat), Beyl (jarohat).

Top