Ötmişga qarar ekanman, hayotimda uç marta ajoyib kun bölganini anglayman. Birinçisi, «Real» meni çaqirgan kun. Ikkinçisi, öğlim Benisio tuğilgan payt. Uçinçisi, öğlim Bautista dunyoga kelgan kun.

Mana şu uçinçi baxtli kun uçun oilam bilan haqiqiy dözax qiyinçiliklarini boşdan ötkazganmiz. Aslida men unça sergap emasman, tuyğularimni boşqalarga oşkor qilişga örganmaganman. Ammo köpçilikka foydali bölişi mumkinligini bilganim uçun ham hammasini aytib berişim kerakligini his qilmoqdaman. Işonavering, men kabilar Janubiy Amerikada juda köp.

Öz hikoyamni aytib berişim uçun eng boşidan boşlaşim kerak. Hozir qarşingizda bir kuçli erkakday turgan bölsam, bir paytlar qanday bolakay bölganimni ham tuşunişingiz kerak.

Urugvayda hammasi boşqaça. Qiyinçiliklar qonimizga singib ketgan. Oilamiz şunçaki kambağal edi, deb aytsam, notöğri böladi. Ota-onam haqiqiy ovçi edilar. Otam kazinoda qorovul bölgan, onam esa köçada katta aravani yetaklab kiyim va öyinçoqlar bilan savdo qilardi. Tasavvurimda bunday katta aravani faqat Xalk yetaklay oladigandek tuyulardi. Onam – haqiqiy jangçi. Issiqmi, sovuqmi, şamolmi, onam öşa aravani yetaklab bozorga yöl olardi.

Onam ertalab sakkizdan keçki yettigaça, otam esa, keçki sakkizdan ertalab oltigaça işlardi. Hisoblab olavering, oilamizda faqat bir oltin soat bor ediki, uç kişi birga ötirib, kiçkinagina göşt bölagini baham köriş uçun. Darvoqe, onam doim men uçun kola ham bölişini ta’minlardi. Ha, Ispaniya yoki Amerikada köpçilikka oddiy holatdek tuyular, ammo öşa kola men uçun xuddi şampan vinosi kabi edi.

Bir banka kola içişim uçun onam nimalarni qurbon qilgan, rosti, bila olmayman. Bolalikda sodda bölamiz, onam ovqat yemayaptimi, ha, qorni oç emas ekan, deymiz, tamom. Hozir bu haqida öylasam, uning nega ba’zida heç narsa yemaganini ham tuşuna boşlayman. Men uçun öşa bir parça göşt va kolaning özi baxt, onam esa, har kunning oxirida bir oila jam bölişimizdan baxtiyor edi, nazarimda.

Mana şu kunlar oilamiz uçun «la garra» edi. Bu bizning sabrimiz, ruhimiz, qat’iyatimiz. Menimça, butun uyni böyaş uçun yetarli pulimiz bölmaganki, otam faqat mening xonamni böyab, yangi qilib bergandi, u köçada menga şlangda suv separ – bu bizning öziga xos basseynimiz. Yetadi. La Garra!

Ammo şuni ham tan olişim kerak, ba’zi hollarda noqulayliklar ham böladi. Masalan, futbol öynaşni boşlagaç, şeriklarimning şaroitini körganimda, farq seziladi. Esimda, örtoqlarim uyimga kelişini xohlamasdim, çunki televizorimizda faqat uçta bepul kanallar körsatardi xolos. Yoki yozda keçqurun uxlaşga yotib, suvaraklar ovozini eşitasiz.