13:32 / 16.09.2021
1767

Samarqandda giyohvand moddalar sotayotgan shaxslar ushlandi

Samarqand shahrida giyohvand moddalar savdosiga qarshi kurashish tezkor tadbirlari o‘tkazilgan. Ularda giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullanayotgan shaxslar qo‘lga olingan. Ulardan biri taksi haydovchisi bo‘lgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 9 sentabr kuni Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB 9-sonli IIB xodimlari tomonidan Samarqand shahar Qorasuv massivi Obod-maskan mahallasida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Tadbirda 1987 yilda tug‘ilgan P.S., B.B. ismli shaxsga sellofan paketga o‘ralgan gashish giyohvand moddasini sotgan vaqtda ushlangan. Bundan tashqari, P.S. boshqaruvidagi «Spark» taksi mashinasi ko‘zdan kechirilganda, 0,5 litrli yelim idishda chekilgan gashish giyohvand moddasi hamda bitta tayoq borligi aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.

Bundan tashqari, 2021 yil 9 sentabr kuni Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB 9-sonli IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbirda, Samarqand shahar Rudakiy ko‘chasida 1987 yilda tug‘ilgan A.V., A.A. ismli shaxsga gashish giyohvand moddasini sotgan vaqtda ushlangan.

Bundan tashqari, gumonlanuvchi A.V.ning yonidan yana 4 dona paketga o‘ralgan gashish va gugurt qutisida marixuana giyohvand moddasi borligi aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.

Qayd etilishicha, mazkur ikkita holat yuzasidan Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Top