07:52 / 18.09.2021
35705

Super kontrakt uchun ariza topshirishning so‘nggi muddati 1 oktabr etib belgilandi

Super kontrakt bo‘yicha o‘qishga qabul qilish uchun ariza topshirishning so‘nggi muddati 1 oktabr etib belgilandi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

“2021/2022-o‘quv yili uchun davlat oliy ta'lim muassasalariga tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish bo‘yicha arizalar topshirishning so‘nggi muddati 2021 yil 1 oktabr kuni etib belgilandi”, deyiladi ma'lumotda.

Kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish istagida bo‘lgan abituriyentlardan  joriy yilning 1 oktyabriga qadar tegishli oliy ta'lim muassasalari qabul komissiyalariga ariza topshirishlari mumkin.

Top