Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qurilish uchun metall prokati ishlab chiqaruvchilarga yangi talablar joriy qilinmoqda
Vazirlar Mahkamasi “Qurilishda ishlatiladigan metall prokati ishlab chiqarishni kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni qabul qildi.

Hujjat bilan ichki bozorda sotiladigan mahalliy va importdan keltirilgan metall prokati sifatini texnik jihatdan tartibga solish nazarda tutilmoqda.
2021 yil 1 noyabrdan boshlab induksion pechlarda qurilish uchun metall prokati ishlab chiqaruvchilarga quyidagi talablar joriy qilinadi:
- induksion pechda po‘lat erigandan so‘ng po‘latni kompleks qayta ishlaydigan agregatda ishlov berish;
- ishlab chiqarish korxonalarida belgilangan tartibda akkreditatsiya qilingan sinov laboratoriyasining mavjud bo‘lishi hamda ushbu laboratoriyada eritilgan po‘lat va tayyor mahsulotlarning har bir partiyasini qat'iy sifat nazoratidan o‘tkazish.
Hujjat bilan qurilish uchun mo‘ljallangan metall prokati ishlab chiqaradigan korxonalarda sanoat xavfsizligi talablariga rioya etilishini nazorat qilish bo‘yicha komissiya tarkibi tasdiqlandi. Komissiya xulosa beradi, uning asosida qurilish uchun mo‘ljallangan tegishli muvofiqlik sertifikatiga ega metall mahsulotlarini induksion pechlarda ishlab chiqarish va uni qo‘llashga ruxsat beriladi.
Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasiga 2021 yil 10 oktyabrga qadar eritish pechlaridan foydalangan holda metall prokatini ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik sub'yektlarini nazorat qilishning aniq mezonlarini belgilagan holda "xavfni tahlil etish" tizimini joriy etish topshirildi.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Uzum ta’minotchilar uchun sahifani ishga tushirdi
O‘zbekiston | 16:50
-
Kreml Trampning yangi bayonotlarini tahlil qilish uchun vaqt kerakligini qayd etdi
Jahon | 15:27
-
Migrantlarga Rossiyaga kirishda tibbiy ma’lumotnoma taqdim etish majburiyati yuklanishi mumkin
Jahon | 15:24
-
Saudiya Arabistoni 170 km uzunlikdagi osmono‘par shahar loyihasini qayta ko‘rib chiqmoqda
Jahon | 15:19
Mavzuga oid

07:34 / 12.07.2025
Fuqarolik jamiyati institutlari davlat dasturlarini amalga oshirishda ishtirok etadi

07:43 / 10.07.2025
Harbiy xizmatga chaqiriluvchilarni tanlab olish shaffof bo‘ladi

15:24 / 08.07.2025
Aholini guruch bilan ta’minlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari belgilandi

10:48 / 03.07.2025