Vazirlar Mahkamasining «Respublikada nodavlat ta’lim xizmatlari sifatini oşirişning qöşimça çora-tadbirlari töğrisida»gi qarori qabul qilindi.

Unga köra, litsenziyalaşning qöşimça şartlari quyidagilardan iborat:

Talabgor tomonidan taşkil etilayotgan oliy ta’lim taşkilotining konsepsiyasi taqdim etiladi. Konsepsiyada quyidagilar körsatiladi:

▪️ ta’lim taşkilotining nomi;

▪️ maqomi;

▪️ boşqaruv tizimi va kadrlari;

▪️ asosiy ta’lim va ilmiy faoliyat yönalişlari;

▪️ qabul parametrlari;

▪️ ta’lim sifatini ta’minlaş tizimi va vositalari;

▪️ tölov-kontrakt miqdori va uning hisob-kitobi;

▪️ ta’lim taşkilotini rivojlantiriş böyiça 5 yillik strategik rejasi;

▪️ ta’lim taşkiloti faoliyatiga oid boşqa muhim masalalar.

Talabgor tomonidan nodavlat oliy ta’lim taşkilotining ta’lim jarayoni bilan bevosita boğliq bölgan moddiy-texnik baza, dasturiy ta’minotni öz içiga olgan dastlabki ustav fondi 2 mln AQŞ dollari ekvivalentidan kam bölmagan miqdorda şakllantiriladi. Keyinçalik talabalar sonining köpayib borişiga mutanosib ravişda ustav fondi oşirib boriladi.

Talabgor tomonidan 350 ming AQŞ dollari ekvivalentidagi mablağlar tijorat banklaridagi depozitlarga zaxiraga joylaştiriladi.

Taşkil etilayotgan oliy ta’lim taşkilotining ta’lim jarayoniga möljallangan bino va inşootlari maydoni 5 ming kv/metrdan kam bölmasligi lozim. Bunda bino universitetning öz mulki bölişi şart emas, kamida 5 yil muddatga tuzilgan ijara (tekin foydalaniş) şartnomasi asosida iş boşlaş ham mumkin.

Oliy ta’lim taşkiloti taşkil etilgan vaqtdan boşlab dastlabki 5 yil davomida uning yillik sof foydasining kamida 80 foizi, keyingi yillarda esa kamida 50 foizi mazkur ta’lim taşkilotining asosiy faoliyatini rivojlantirişga yönaltiriladi.

Qaror kuçga kirgunga qadar litsenziya olgan tadbirkorlik sub’yektlari 2026 yil 1 yanvarga qadar öz faoliyatini yangi litsenziya talablari va şartlari asosida taşkil etişi lozim.