Saudiya Arabistoni suveren jamğarmasi bir neçta konsalting firmalariga murojaat qilib, uzunligi 170 kilometr, kengligi 200 metr va balandligi 500 metr bölgan «The Line» futuristik osmonöpar şahar quriş loyihasini tahlil qilişni söradi. Bu haqda Bloomberg manbalarga tayanib xabar berdi.
Qayd qilinişiça, jamğarma firmalardan loyihani amalga oşiriş imkoniyatini tekşirişni va ehtimol özgartirişlar kiritişni taklif qilişni söramoqda.
Bloomberg loyihani qayta körib çiqiş sabablari sifatida neft narxining pasayişi, xorijiy investitsiyalar kutilganidan kamayganini va budjet taqçilligini keltirdi. Agentlik ta’kidlaganidek, Brent nefti hozir bir barrel uçun 71 dollardan sotilyapti, Saudiya Arabistoni esa öz budjetini muvozanatlaşi uçun 96 dollar narxga muhtoj. Katta loyihalarni amalga oşiriş uçun esa bir barreliga 113 dollar kerak böladi.
Ötgan yil aprel oyida naşr Ar-Riyod özining «The Line» böyiça rejalarini qayta körib çiqqanini yozgan edi: agar ilgari osmonöpar şaharda 2030 yilgaça 1,5 million kişi istiqomat etişi taxmin qilingan bölsa, endi rasmiylar bu sanaga qadar bor-yöği 300 ming aholiga umid qilmoqda.
Hozir u yerda loyihada işlaydigan işçilardan taşqari deyarli heç kim yaşamaydi. Osmonöpar bino qurilişi 2021 yil oktyabr oyida boşlangan. «The Line» Saudiya Arabistoni valiahd şahzodasi Muhammad bin Salmonning Neom loyihasi bir qismidir. Loyiha doirasida, xususan, Trojyena toğ-çanği kurorti va Sindala qirğoq kurortini quriş ham rejalaştirilgan. Öz navbatida, Neom loyihasi Vision 2030 rejasining bir qismi bölib, Muhammad bin Salmon kutganidek, investorlar va sayyohlarni jalb qiladi va qirollikka neft qaramligidan xalos bölişga yordam beradi. «The Line» narxi 1 trillion dollarga baholanmoqda, deb yozdi Bloomberg.












