Vazirlar Mahkamasining «Respublika aholisini guruç mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlaşning qöşimça çora-tadbirlari töğrisida»gi qarori qabul qilindi.

Aholini guruç bilan uzluksiz ta’minlaş uçun:

  • Janubiy Koreyaning KOPIA markazi bilan hamkorlik loyihasi doirasida şoliçilik sohasidagi xalqaro mutaxassislarni jalb qiliş rejalaştirilgan;
  • şoli yetiştirişda qöllaniladigan zamonaviy resurs tejaydigan qişloq xöjaligi texnika va agregatlarini olib keliş va Şoliçilik ilmiy-tadqiqot institutida sinovdan ötkaziş ta’minlanadi;
  • 2025-2028 yillarda Jahon banki mablağlari hisobidan Şoliçilik ilmiy-tadqiqot instituti va Filippindagi Xalqaro şoliçilik ilmiy-tadqiqot instituti (IRRI) örtasidagi amaliy hamkorlik loyihasi doirasida markerli seleksiya usuli bilan şolining yangi suvni kam talab qiluvçi va yuqori hosilli navlari va duragaylarini yaratiş böyiça ilmiy-tadqiqot işlari olib boriladi;

2025-2027 yillarda Misr bilan birgalikda suv kam talab qiluvçi, yuqori haroratga çidamli, şuningdek Nepal bilan birgalikda past haroratga bardoşli, yuqori hosilli şoli navlari yaratiladi.