23:21 / 27.09.2021
6370
Tramp unga prezident saylovlarida ishtirok etishiga nima xalal berishi mumkinligini aytdi

AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp unga 2024 yilgi prezident saylovlarida ishtirok etishi uchun nima xalal berishi mumkinligini aytdi.  
 
Tramp Real America's Voice radiostansiyasiga bergan intervyusida sog‘lig‘idagi jiddiy muammolargina unga prezident lavozimiga nomzodini qo‘yishga xalal berishi mumkinligini aytgan. 
 
“Bu shifokordan yomon xabar haqidagi qo‘ng‘iroq yoki shunga o‘xshash holat bo‘lishi mumkin. Bunaqasi ham bo‘ladi. Biroq bilasizmi, men umuman olganda o‘zimni yaxshi his qilmoqdaman”, deya boshlovchining tegishli savoliga javob qilgan Tramp.
 
Oq uyning sobiq rahbari mamlakatda yuz berayotgan voqealarga befarq qaray olmasligini, shu sababli prezident lavozimi uchun yana bir bor kurashib ko‘rmoqchiligini qo‘shimcha qilgan.

Top