12:45 / 02.10.2021
14962

Harbiylarning moddiy javobgarligi qonun bilan belgilandi

“Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida” qonun prezident tomonidan imzolandi.

Adliya vazirligi xabariga ko‘ra, bir qator yangi komissiyalar tashkil etiladi.

Muddatli harbiy xizmatga chaqirish uchun:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mudofaa ishlari boshqarmalari huzuridagi rahbariyat kengashi;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yig‘in punktlarida – harbiy-tibbiy komissiya;
  • tuman (shahar) mudofaa ishlari bo‘limlari huzurida Qurolli Kuchlarni butlash komissiyasi;
  • muqobil xizmatga chaqirish, safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga olish, harbiy xizmatga chaqirishni kechiktirish va Qurolli Kuchlar zaxirasiga o‘tkazish uchun – mudofaa ishlari bo‘limlari huzuridagi hududiy komissiya;
  • chaqiriluvchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, sog‘lig‘ining darajasini aniqlash va davolanishga yuborish uchun – mudofaa ishlari bo‘limlari huzuridagi hududiy tibbiy komissiya tashkil etiladi.

Harbiy xizmatchilarning, OTM kursantlarining, harbiy yig‘inlarga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlarning va safarbarlik chaqiruvchi rezervidagi xizmatni o‘tayotganlarning moddiy javobgarligi belgilandi.

Bunda mazkur shaxslar yetkazilgan zarar aniqlangan kundan e'tiboran 3 yil ichida moddiy javobgarlikka tortilishlari mumkin.

Top