16:20 / 02.10.2021
6623

«O‘zsanoatqurilishbank»da O‘qituvchi va murabbiylar kuni nishonlandi

Foto: O‘zsanoatqurilishbank

Joriy yilning 30 sentabr kuni «O‘zsanoatqurilishbank» Bosh ofisi hamda filiallarida 1 oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan yozilgan bayram dasturxoniga muassasa faxriylari bilan birga xodimlarning ota-onalari ham taklif etildi.

1 oktabr nafaqat Ustoz va murabbiylar kuni, balki bizni hayotga tayyorlagan ota-onalarimizning ham bayramidir. Shu bois «O‘zsanoatqurilishbank» tomonidan bu yilgi bayramga o‘zgacha taraddud ko‘rildi.

Tadbirga mazkur bankda uzoq yillar mehnat qilib ayni paytda nafaqada bo‘lgan nuroniylar bilan birga xodimlarning ota-onalari ham taklif etildi.

Qayd etish lozimki, bu tajriba banklar orasida birinchi marta aynan «O‘zsanoatqurilishbank» tomonidan amalga oshirildi.

Uchrashuv davomida xodimlar ota-onalari uchun bank ofisi bo‘ylab ekskursiya uyushtirildi. Bunda ular o‘z farzandlarining qayerda, kimlar bilan, qanaqa sharoitda ishlayotgani, ishxonadagi bir kunlik hayoti qanday o‘tishi bilan yaqindan tanishishdi.

– Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan uyushtirilgan bayram tadbiriga ota-onalarning taklif etilishi biz uchun muhim yangilik, boshqalar uchun esa o‘rnak bo‘luvchi ulug‘ ish bo‘libdi, – deydi mehmonlardan biri Qurbon Boymurodov. – Bunday tashabbus shu paytgacha hech bir jamoada kuzatilmagan deb o‘ylayman. Bu alohida qunt, vaqt talab etadi. Barcha ota-onalar nomidan bank rahbariyatiga minnatdorlik bildiraman. Uzog‘ini ko‘zlab olib borayotgan ishlariga omad tilayman.

Shuningdek, uchrashuv davomida ota-onalar e'tiboriga bank faoliyati, uning yutuqlari hamda kelgusidagi maqsad va vazifalari haqida tayyorlangan videorolik namoyish etildi.

Bayram dasturxoni yozilib, konsert dasturi taqdim qilindi.

Unda Bank Boshqaruvi raisi S.Annaklichev so‘zga chiqib, tadbirga tashrif buyurgan mehmonlarga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

– Bankimiz mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi eng faol, eng barqaror moliya muassasasi hisoblanadi, – deydi S.Annaklichev. – Bunday darajaga yetishishimizda siz aziz ustozlar va ota-onalarning alohida hissangiz bor. Shuning uchun sizlarni har qancha ulug‘lasak, e'zozlasak kam. Tashrifingizdan boshimiz ko‘kka yetdi.

Tadbir so‘ngida Bank tomonidan mehmonlarga esdalik sovg‘alari ham ulashildi.

O‘zsanoatqurilishbank Axborot xizmati Ⓣ

Mavzuga oid
Top