10:09 / 09.10.2021
10260

G‘ijduvon tumani hokimi iqtidorli yoshlarga o‘z xonasini bo‘shatib berdi

G‘ijduvon tumani hokimligi tashabbusi bilan "G‘ijduvon olimpiya terma jamoasi" shakllantirilmoqda. Mazkur loyihadan ko‘zlangan maqsad yoshlarni bilimli va har tomonlama zukko etib tarbiyalashdir.

Foto: G‘ijduvon tuman hokimligi

E'tiborlisi, G‘ijduvon tumani hokimi Sherzod Ashurov hokimlik binosida o‘zi uchun ajratilgan xonani "G‘ijduvon olimpiya terma jamoasi"ga foydalanishga berdi. Tezda ushbu xona fizika va matematika fanlariga mos tarzda eng so‘nggi rusumdagi axborot texnologiyalari, sifatli mebellar, o‘quv va laboratoriya uskunalari, kompyuterlar, zarur adabiyotlar va ko‘rgazmali qurollar bilan to‘liq ta'minlanadi. Shuningdek, o‘quvchilarga shu yerning o‘zida uch mahal issiq ovqat beriladi.

Foto: G‘ijduvon tuman hokimligi
Foto: G‘ijduvon tuman hokimligi

Ta'kidlanishicha, ayni paytda jamoaga barcha 7-sinf o‘quvchilari orasidan 30 nafar iqtidor egalarini uch bosqichda saralab olish ishlari boshlangan. Taqdim qilingan ma'lumotga ko‘ra, shu kungacha tumandagi umumta'lim maktablarining 1000 nafarga yaqin o‘quvchilari "G‘ijduvon olimpiya terma jamoasi"ga kirish istagida ariza topshirgan.

Ushbu bilim maskanida tumandagi turli ta'lim dargohlari va poytaxtdan jalb qilingan bilimli, izlanuvchan, tashabbuskor pedagoglar yoshlarga fizika va matematika fanini chuqur o‘rgatadilar.

Foto: G‘ijduvon tuman hokimligi

Bir so‘z bilan aytganda, yurtimizda Uchinchi renessansning poydevorini yaratish uchun G‘ijduvon tumanida barcha rahbarlar ziyolilar bilan hamjihat bo‘lib, ish yuritayotgani kishini quvontiradi.

Bu yuksak marrani zabt etish uchun G‘ijduvonda ilm-fan, ta'lim-tarbiyani rivojlantirish uchun kuch, mablag‘ va imkoniyat bor.

Foto: G‘ijduvon tuman hokimligi

Eslatib o‘tamiz! "G‘ijduvon olimpiya terma jamoasi"ga kirish uchun qabul davom etmoqda!

Farzandingiz jamoa tarkibiga kirgach, qo‘lga kiritadigan imkoniyatlar:

  • Ongda tez hisob-kitob qiladi;
  • Tuman, viloyat, respublika va xalqaro miqyosdagi olimpiadalarga qatnashish imkoniyati ortadi;
  • Haftalik va oylik test sinovlarida qatnashib, yuqori ball yig‘ish imkoniyati beriladi;
  • Diqqati mustahkamlanadi, xotirasi yaxshi rivojlanadi;
  • Maktab dasturini yaxshi o‘zlashtiradi;
  • Farzandingiz moslashuvchan fikrlash qobiliyatiga ega bo‘ladi;
  • Doimiy rag‘batlantirishlar va sog‘lom raqobat bolaning o‘z ustida ishlashiga turtki beradi;

Farzandingiz kelajagini biz bilan birga barpo eting!

Jamoaga barcha 7-sinf o‘quvchilari orasidan yangi iqtidor egalari saralab olinadi.

Shoshiling, o‘rinlar soni cheklangan!

Murojaat uchun telefon: +998916461442 (Xurshid To‘xtayev)

G‘ijduvon tuman hokimligi axborot xizmati Ⓣ

Mavzuga oid
Top