08:19 / 12.10.2021
6790

O‘zbekistonda ilk bor alohida endoprotez yordamida tos halqasini rekonstruksiya qilish bo‘yicha operatsiya o‘tkazildi

Foto: KUN.UZ

Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida rossiyalik yetakchi onkolog bilan birgalikda tos suyagi halqasini individual endoprotez bilan rekonstruksiya qilish bo‘yicha murakkab jarrohlik operatsiyasi o‘tkazildi. 

Tos suyaklari o‘smalari - suyak o‘smalarining nisbatan kam uchraydigan lokalizatsiyasi. Tos suyagi o‘smalarini davolash onkologiyada murakkab muammolardan biri bo‘lib qolmoqda. Joriy yilning 11 oktyabrida tayanch-harakat tizimi o‘smalari bo‘limi rahbari Po‘latova D.Sh. rossiyalik hamkasbi professor E. Musayev bilan 30 yoshli bemorda xatarli tos o‘smasi radikal jarrohlik amaliyotini o‘tkazdi. 

"Har bir bemor uchun tos halqasining yaxlitligini tiklash individual bo‘lishi kerak, chunki har bir holatda hosil bo‘lgan nuqsonning o‘lchamlari turlicha bo‘ladi. Operatsiyadan keyingi nuqson qanchalik keng bo‘lsa, asoratlar ehtimoli shuncha yuqori bo‘ladi. Uch o‘lchovli rekonstruksiya va virtual modellashtirish texnologiyalari bir qator holatlarda radikal operatsiyani amalga oshirishga imkon berdi, bu retsidivlar sonini kamaytiradi va bemorning omon qolish darajasini oshiradi ”, - deb izoh berdi mushak-tayanch tizimi o‘smalarining bo‘limi boshlig‘i  J.Sh.Po‘latova.

 Bugungi kunda bunday yuqori texnologiyali operatsiyalar hamma mamlakatlarda ham amalga oshirilmaydi. Bu operatsiya mutaxassislar o‘rtasida tajriba va bilim almashish, bemorning hayot tarzini yaxshilash imkonini berdi.

Top