Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Baland» masjidining tarixiy binosi saqlab qolinadi - u yangilanib, sig‘imi 2 ming kishiga oshiriladi (reportaj)
Poytaxt markazida joylashgan masjidning qadimiy qismi o‘rta asrlarda bunyod etilgan. Keyinchalik unga tutash qilib qurilgan bino va inshootlar eskirib, avariya holatiga kelib qolgani uchun tegishli idoralarning ruxsati bilan qayta rekonstruksiya qilinadigan bo‘lgan. Buzilgunga qadar 800 kishilik sig‘imga ega bo‘lgan majmuaning yangi loyihasi 2 ming kishilik sig‘imni ko‘zda tutadi.
Toshkent shahri Shayxontohur tumanidagi «Baland» jome masjidi hududida qurilish ishlari olib borilayotgani tufayli inshoot xavf ostida qolgani haqida xabarlar tarqaldi. Kun.uz hududga borib, holatni o‘rgandi.

Masjidda saqlanayotgan hujjatlarga ko‘ra, o‘tmishda Qo‘shmozor deb atalgan bu hududdagi balandlikda masjid quriladi va u Balandmasjid nomini oladi. Masjidning shimol tarafida kichikroq madrasa ham bo‘lib, u 1995-1996 yillarda ko‘p qavatli turar joylar qurilishi munosabati bilan buzilib ketgan.
Tadqiqotchilar 1954 yilda masjid shiftidagi yozuv asosida uning o‘rta asrlarda qurilganini ham aniqlagan. Ma’lum bo‘lishicha, hozirgacha saqlanib qolgan ushbu bino 1857 yilda madaniy meros obekti sifatida ro‘yxatga olingan.
Qoratosh mahallasidagi yangi masjid binosi buzilishi oqibatida uning ichida bo‘lgan «Baland» masjidiga ham shikast yetishi mumkinligi to‘g‘risida xabarlar yuzasidan masjid imom-xatibi o‘z fikrlarini bildirdi. Uning ta’kidlashicha, ilgari masjid sig‘imi 800 kishiga mo‘ljallangan.
«Baland deyilishiga sabab, bu yer shaharning baland nuqtasi bo‘lgani sababli masjid xalqimiz orasida ushbu nom bilan tanilib qolgan. Bu masjid ichi bir ayvon, bir xonaqohdan iborat. Bir-ikki marta ta’mir qilingan, hozirgi kunda ichlari yaxshi saqlangan. Avariya holatida bo‘lgani sababli, 2021 yilda O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning taklifiga binoan bu masjidga rekonstruksiya qilish bo‘yicha ruxsatnoma chiqqan.
Madaniy meros obekti agentligi bilan kelishilgan holatda masjidning asosiy qismini saqlab qolib, yoniga zamonaviy tipda xalqimiz uchun, millatimiz uchun yaxshi masjid qurish rejalashtirilgan. Hozir shuning taraddudida turibmiz. Ishlar ham jadal ravishda olib borilmoqda. Yangi binoli masjid 2000 dan ziyod musulmonlar uchun xizmat qiladi”, — deydi «Baland» jome masjidi imom-xatibi A’zamjon Ergashov.
Toshkent shahar hokimligi ham muhokamalarga sabab bo‘lgan qurilish holati yuzasidan ma’lumot berdi.
Unga ko‘ra, Qoratosh mahallasida joylashgan «Baland» masjidining tarixiy binosi yangi quriladigan masjid bilan o‘rab olinadi.
Ma’lum qilinishicha, masjidning binosi o‘zgarmay qoladi va namoz vaqtida ko‘proq insonlarni sig‘dirish uchun yangi xona va inshootlar bilan boyitiladi. Shu tariqa, tarixiy bino «konservatsiya» qilinadi, lekin shu bilan birga, o‘zining birlamchi vazifasini saqlab qoladi va namoz o‘qish joyi sifatida xizmat qilishni davom ettiradi. Unda tahoratxonalar, xodimlar uchun oshxona va boshqa zamonaviy sharoitlar yaratiladi.
Hokimlik bunday yondashuv tarix va zamonaviylik uyg‘unligini saqlashda optimal yondashuv ekani, kelgusida uni tarixiy ahamiyatga ega boshqa diniy obektlarda ham qo‘llash rejalashtirilganini qo‘shimcha qilgan.
Tavsiya etamiz
Rossiyaga isiriq olib borgan tojikistonlik ayol 8 yilga qamaldi
Jahon | 07:46 / 23.08.2025
Oliygoh va litseylarda darslar qachon boshlanishi ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 20:59 / 22.08.2025
Tramp, dollar va so‘m: AQSh valutasida pul jamg‘arish endi avvalgidek jozibali emasmi?
Iqtisodiyot | 20:54 / 22.08.2025
AQSh 55 milliondan ortiq viza egalarini tekshiradi
Jahon | 10:08 / 22.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Maldiv orollarida kuz - chegirmalar va bonuslarga ega mehmonxonalar
O‘zbekiston | 13:00 / 26.08.2025
-
Toshkentdagi klinikada yuz bergan fojia bo‘yicha jinoyat ishi ochildi
Jamiyat | 23:51 / 26.08.2025
-
Tadbirkorlar uchun maxsus huquqiy rejim va har bir mahallaga futbol maydoni – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:14 / 26.08.2025
-
2026 yildan boshlab Android noma’lum dasturchilarning ilovalarini bloklaydi
Fan-texnika | 23:10 / 26.08.2025
Mavzuga oid

10:52 / 11.07.2025
Shahrisabz ko‘chasida rekonstruksiya ishlari boshlandi

15:42 / 05.04.2025
“Derazani ochishim bilan tahoratxona portlab ketdi”: Izboskandagi masjiddan reportaj

18:08 / 04.04.2025
«Profilaktik tadbirlarni to‘g‘ri tushunishingizni so‘raymiz» – Musulmonlar idorasi masjidlardagi texnik nazorat ishlari haqida

23:19 / 31.03.2025