Mirzo Uluğbek tumanining Temur Malik köçasi, aniqroği M39b Toşkent halqa avtomobil yölining 34-36 km qismi rekonstruksiya qilinmoqda. Toşkent şahar hokimiyati ta’mirlaş işlarining birinçi bosqiçi yakuniga yetib qolganini ma’lum qildi.

Ta’kidlanişiça, loyihaning dastlabki qismida bitta avtomobil ötkazgiç yöli hamda ikkita piyodalar uçun yerosti yöli barpo qilinadi. Birinçi piyodalar uçun yerosti yöli Temur Malik va Mirzo Uluğbek köçalari kesişmasida, ikkinçisi esa Temur Malik köçasida yangi qurilayotgan masjid röparasida joylaşadi.

“Bu yerda ayni vaqtda quriliş işlari yakunlangan, pardozlaş işlari olib borilmoqda. Uzunligi 40 metr, eni 4,5 metrni, balandligi 2,5 metrni taşkil etuvçi piyodalar yerosti yölida jarayonlar davom etmoqda. Bu yerda zinalar, estakada va lift böladi”, – deyiladi xabarda.

Qayd etilişiça, Temur Malik köçasida ta’mirlanayotgan 2 kmdagi yölning harakat tasmalari soni 4 tadan 6 taga köpaytiriladi. Unda velosiped uçun ham yölak, yaşil hudud hamda köprik ustida ortga qayriliş uçun yöl qilinişi kutilmoqda.

Loyiha doirasida quriladigan yöl ötkazgiçning uzunligi esa 28 metr, eni 55 metr bölişi, uning harakat qatnovi uçun tasmalar 4 taga ajratilişi aytildi.

Ma’lumotlarga köra, işlarning 60 foizi yakunlangan, tez orada bu yöllar aholiga foydalanişga topşirilişi kutilmoqda.

Loyiha qiymati 15,6 mln dollarni taşkil etadi

Avtomobil yöllari qömitasining Kun.uz’ga ma’lum qilişiça, obektni 2025 yilning 1-çoragida foydalanişga topşiriş rejalaştirilgan. Quriliş-montaj işlari loyiha-smeta hujjatlariga asosan ikki bosqiçda amalga oşiriladi.

Birinçi bosqiçda 1 ta yöl ötkazgiç quriş (Temur Malik va Buyuk ipak yöli köçalari kesişmasida) va 2 ta joyda yerosti piyodalar ötiş yölaklari quriladi, keyingisida 2 km yöl qismi (yöl töşamasini quriş, piyoda va veloyölaklar, jihozlaş, mahalliy yöl, avtobekatlar, kökalamzorlaştiriş, yoritiş tizimini quriladi) ta’mirlanadi.

Bunda 27 metrli yöl ötkazgiçini quriş uçun 128,6 mlrd söm, 2 km yöl qismining quriliş-montaj işlari uçun 67,9 mlrd söm, jami qiymatda loyihaga 196,5 mlrd söm ajratilmoqda.

2 km yölni ta’mirlaş loyihasi qimmatlagan