21:31 / 18.10.2021
25987
Bill Geytsning qizi misrlik yigitga turmushga chiqdi

Bill Geytsning to‘ng‘ich qizi Jyennifer Geyts misrlik konkurchi Nail Nassarga turmushga chiqdi. Nikoh to‘yi Geytsning Nyu-York shtatidagi uyida o‘tgan.

Foto: Instagram /jenniferkgates

Daily Mail nashrining xabar berishicha, to‘y tantanalari bir necha kun davom etgan. Juftlik dastlab 15 oktyabrda musulmon urf-odatlariga ko‘ra to‘y qilgan, ertasi kuni esa ziyofat uyushtirgan.

Ta'kidlanishicha, to‘y Geytslar oilasiga 2 mln dollarga tushgan. Tantanali marosim uchun uy hududida maxsus pavilon qurilgan va bir nechta yuk mashina gullar buyurtirilgan.

Kelin otasi bilan Elton Jonning You Feel The Love Tonight qo‘shig‘iga raqsga tushgan.

To‘y mehmonlari xavfsizligini bir guruh tansoqchilar ta'minlagan. Bundan tashqari, politsiya Geytslar uyi joylashgan hududni to‘sib qo‘ygan.

Juftlik 2020 yil yanvarda unashtirilganini e'lon qilgan. Bungacha ular bir necha yil uchrashib yurishgan. 

25 yoshli Jyennifer Geyts va 30 yoshli Nassar Stenford universiteti bitiruvchilari hisoblanadi. Juftlik aynan shu yerda tanishgan.

Mavzuga oid
Top