Endilikda 3-kurs talabalari ham maktablarda dars berishlari mumkin. Bu haqda Ta'lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi axborot xizmati xabar qildi.

Foto: Kun.uz
Hukumatning "Ta'lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablarga malakali o‘qituvchi-pedagoglarni jalb qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qaroriga ko‘ra, pedagogika yo‘nalishlarida kunduzgi kechki, sirtqi bo‘limlarining 3-kursida tahsil olayotgan talabalarga maktablarda dars berish huquqi berildi.
Qayd etilishicha, avvalgi tartibga binoan talabalar 4-kursdan boshlab maktablarda dars berishlari mumkin edi.
Avvalroq, mutaxassis toifasidagi pedagoglar 1,5 yilda oliy toifaga erishishlari mumkinligi haqida xabar berilgandi.