18:29 / 22.10.2021
6874
O‘zbekistonda kovid qurbonlari soni rasman 1300ga yetdi, SSV kunlik holatlar kamaymayotganini ma'lum qildi

21 oktabr kuni O‘zbekistonda koronavirusdan 3 ta o‘lim holati qayd etildi va ushbu kasallikdan vafot etganlar soni rasman 1300 nafarga yetdi.

SSV matbuot xizmati xabariga ko‘ra, so‘nggi bir kunda O‘zbekistonda 398 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlangan va jami holatlar soni 182 819tani tashkil etdi.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 11 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida, 
  • 14 nafari Andijon viloyatida,
  • 10 nafari Buxoro viloyatida,
  • 13 nafari Jizzax viloyatida,
  • 4 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 2 nafari Navoiy viloyatida,
  • 17 nafari Namangan viloyatida,
  • 40 nafari Samarqand viloyatida,
  • 11 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 6 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 25 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 19 nafari Xorazm viloyatida,
  • 83 nafari Toshkent viloyatida,
  • 143 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kasallikdan sog‘ayganlar jami 178 695 (+376) nafarga yetdi:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 16 nafar,
  • Andijon viloyatida 10 nafar,
  • Buxoro viloyatida 10 nafar,
  • Jizzax viloyatida 11 nafar,
  • Qashqadaryo viloyatida 4 nafar,
  • Navoiy viloyati 3 nafar,
  • Samarqand viloyatida 36 nafar,
  • Sirdaryo viloyatida 7 nafar,
  • Surxondaryo viloyatida 4 nafar,
  • Farg‘ona viloyatida 24 nafar,
  • Xorazm viloyatida 20 nafar,
  • Toshkent viloyatida 81 nafar,
  • Toshkent shahrida 150 nafar bemor tuzaldi.

Kun davomida 14 ta pnevmoniya holati ham aniqlandi. Sog‘liqni saqlash vazirligi pnevmoniya bo‘yicha statistik ma'lumotlarni e'lon qila boshlagan 5 iyuldan buyon 27,6 ming holat qayd etilgan, 26,1 mingga yaqin odam sog‘aygan.

Avvalroq, SSV o‘rta ahvoldagi bemorni davolash 15 mln so‘mga tushayotgani va bolalarni koronavirusga qarshi emlash zarurligi haqida ma'lum qilgan edi.

Top