«2021 yil 5 aprel holatiga köra, Özbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 83935 (+133) nafarni taşkil etmoqda», deyiladi vazirlik matbuot xizmati xabarida.

Özbekistonda sönggi kunlarda ilk marta kunlik kasallaniş körsatkiçi 150dan kam böldi, şuningdek, Toşkent şahrida sönggi haftalarda ilk bor kunlik körsatkiç 100dan pasaydi, bir kunda soğayganlar soni 100dan köp böldi.

Yangi kasallaniş holatlarining:

  • 2 nafari Qoraqalpoğiston Respublikasida,
  • 3 nafari Andijon viloyatida,
  • 1 nafari Buxoro viloyatida,
  • 4 nafari Navoiy viloyatida,
  • 2 nafari Namangan viloyatida,
  • 16 nafari Samarqand viloyatida,
  • 2 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 2 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 2 nafari Farğona viloyatida, 
  • 3 nafari Xorazm viloyatida,
  • 3 nafari Toşkent viloyatida,
  • 93 nafari Toşkent şahrida koronavirusga çalingan bemorlar bilan muloqotda bölganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Keça kun davomida:

  • Buxoro viloyatida 5 nafar,
  • Jizzax viloyatida 4 nafar,
  • Surxondaryo viloyatida 1 nafar,
  • Toşkent viloyatida 4 nafar,
  • Toşkent şahrida 104 nafar bemor tuzalib, kasallikdan soğayganlar jami 81881 (+118) nafarga yetdi va soğayiş körsatkiçi 98 foizni taşkil qilmoqda.

Şuningdek, 1 nafar koronavirusga çalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 632 nafarga etdi.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 1422 nafar bemor davolanmoqda, şundan 209 nafari oğir, 94 nafari esa öta oğir ahvolda.