16:05 / 26.10.2021
10846
Xitoyda koronavirus tarqalishi avj olmoqda

17 oktyabrdan buyon bir nechta mahalliy infeksiya o‘choqlari aniqlandi va kasallik tez tarqalmoqda. Mamlakat aholisining 75 foizdan ortig‘i koronavirusga qarshi emlangani ham infeksiya tarqalishini to‘xtata olmayapti. 

Foto: Getty Images

Bir hafta ichida Xitoyning o‘n bir provinsiyasida koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq yuzdan ortiq yangi holatlar tasdiqlandi. Bu haqda Xitoy sog‘liqni saqlash milliy komissiyasi vakili Mi Fen ma'lum qildi.

17 oktyabrdan buyon bir nechta mahalliy infeksiya o‘choqlari aniqlandi va kasallik tez tarqalmoqda. Mamlakat aholisining 75 foizdan ortig‘i koronavirusga qarshi emlangani ham infeksiya tarqalishini  to‘xtata olmayapti. 

Dastlabki holatlar 16 oktyabr kuni shanhaylik to‘liq emlangan turistlar guruhi orasida aniqlangandi. Qayd etilgan 133ta holatdan 106tasi 13ta turistlar guruhi bilan bog‘liq.

Yangi holatlar Ichki Mo‘g‘uliston, Gansu, Ninsya, Guychjou, Lanchjou va Pekinda qayd etilgan.

Hozirda turistik agentliklarga bu hududlarga sayohatlar uyushtirish taqiqlandi, poytaxtga kirishga cheklovlar joriy etildi.

Top