Ijtimoiy himoya agentligi direktorining birinçi örinbosari Shahnoza Mirziyoyeva Xitoy nogironlar federatsiyasi vakillari bilan uçraşdi.

«Bu - kelgusida hamkorligimizni yanada rivojlantiriş uçun köplab fikr-mulohazalar va muhim ğoyalar tuğilişiga zamin yaratdi», deya ma’lum qildi u.

Federatsiya raisi Çen Kay bilan muloqot çoğida imkoniyati çeklangan kişilarning huquq va manfaatlarini qöllab-quvvatlaşda sobitlik yana bir bor tasdiqlandi. Qulay muhit yaratiş, hayotning barça jabhalarida inklyuzivlikni rağbatlantiriş bu insonlarning jamiyat hayotida, madaniyat va sportda faol iştirok etişini ta’minlaydi, öz salohiyatini röyobga çiqarişga xizmat qiladi.

«Federatsiyaning bu boradagi işlari çinakamiga barçani ruhlantiradi. Reabilitatsiya, bandlik va inklyuziv ta’lim oliş böyiça taşabbuslarni özaro muhokama qildik. Albatta, çeklangan vaqt içida har ikki tomonda olib borilayotgan keng kölamli işlarning faqat bir qismiga töxtala oldik, xolos», - deydi Shahnoza Mirziyoyeva.

Uning işonç bildirişiça, xitoylik hamkasblar ulardan örganiş mumkin bölgan juda köp qimmatli tajribaga ega. Samarali tajriba va bilim almaşiş davomli bölişini kutib qolamiz, deya ma’lum qildi Ijtimoiy himoya agentligi direktorining birinçi örinbosari.