Si Jinping Yevropada. Kun tartibida – uçta asosiy masala
|19:20 / 09.05.202415 01514 min
Fransiya Xitoydan Ukrainadagi uruş masalasida Rossiyaga bosim qilişni sörayapti, lekin Parij buning evaziga Pekinga nima taklif qila oladi? Kun.uz Si Jinpingning Yevropaga safari fonida ikki tomon manfaatlarini körib çiqiş uçun siyosiy tahlilçilar Kamoliddin Rabbimov va Alouddin Komilovga yuzlandi.
— Si Jinpingning Yevropaga, jumladan Fransiyaga taşrifining asosiy maqsadlari nimalardan iborat?
Alouddin Komilov: — Xitoy–Yevropa munosabatlari juda keng qamrovli. Taşqi siyosat örganilayotganda xalqaro munosabatlar, institutlar va şaxslar darajasida qaraladi. Hozirgi paytda AQŞ va Xitoy örtasidagi ziddiyat kuçayib boryapti, bu ziddiyatda Yevropaning roli katta savol ostida turibdi. AQŞ Xitoyga nisbatan Yevropa ham özi qöllagan siyosatni qöllaşini istayapti, lekin ba’zi davlatlar bundan norozi, şulardan biri – Fransiya.
Oxirgi vaqtlarda Xitoy va Yevropa munosabatlari oğir ahvolda edi, pandemiya boşlanişi, Pekinning Ukraina uruşida Rossiyani qöllaşi, avtoritar tizim, savdo-sotiq bilan muammolar, Yevropadagi Xitoy josusligiga şubhalar ham Xitoy va Yevropa munosabatlarini oğirlaştirib yubordi. Şu fonda Si Jinping birinçi navbatda Fransiyaga taşrif buyurdi. Taşrifda siyosiy masalalardan taşqari savdo, investitsiya masalalari ham körib çiqilişi kutilyapti.
Nega aynan Fransiya? Çunki Fransiya Yevropa davlatlari içida özining alohida strategik qaraşlariga ega, tarixdan şakllangan bu. Masalan, Fransiya prezidentlaridan biri Şarl de-Gol Fransiyani, umuman, Yevropani AQŞ ta’siridan çiqarib, strategik mustaqil bölişini xohlagan edi. Hozirgi kunda ham Makronning siyosatidan biri strategik avtonomiyaga erişiş. Strategik avtonomiya deganda Fransiya va Yevropa öz tanlov huquqiga ega bölişini xohlayapti. AQŞ va Xitoy ziddiyati kuçayib borayotgan fonda ham şu tanlov huquqiga ega bölmoqçi, agar ehtimoliy töqnaşuv yuzaga kelsa, ikki davlat orasida qolib ketişni xohlamayapti. Angela Merkel hokimiyatdan ketgaç, Yevropada taşqi siyosatda asosiy lider Makron bölib qolyapti, şuning uçun ham Fransiyaga bordi.
Kamoliddin Rabbimov: — Si Jinpingning YeIga keyingi 5 yilda birinçi safari böldi, oxirgi marta 2019 yilda bölgandi. Xitoy bilan aloqalari yaxşi bölgan davlat Fransiya, Si Jinping darajasidagi katta siyosatçi sifatida Makron körilyapti. Germaniyada hokimiyat özgargaç, YeI böyiça taşabbuslarni köproq Makron ilgari suryapti. Ukraina uruşi boşlangaç, Makron Xitoyga borib, uruşga aralaşişni Si Jinpingdan söragandi.
Mavzuga oid
Kun tartibida 3 ta asosiy masala turibdi: Ukraina uruşi, xavfsizlik masalasi va savdo-iqtisodiy munosabatlar. Uçala masalada ham YeI va Xitoy örtasida ma’lum bir tafovut va ziddiyatlar mavjud. Xitoy tomoni biz Ukraina uruşida betarafmiz, neytral qolişga harakat qilyapmiz, deyapti. Yevropa esa sizning Putinga ta’sir qiliş, bosim qiliş imkoniyatingiz bor, şundan foydalaning, deyapti. Xavfsizlik masalasida Xitoy taklif qilayotgan Tiktok kabi tarmoqlar birinçi navbatda AQŞ, keyin Yevropada kuçli xavotir va noroziliklarga sabab bölyapti. Savdo-iqtisodiy munosabatlarda Xitoy sönggi 2-3 yilda elektromobil va boşqa texnologiyalarda juda katta taşabbus körsatyapti.
Si Jinping 3 ta davlatda böladi, uçalasi ham AQŞdan strategik avtonomiya tarafdori yoki Rossiya bilan yaqin munosabatdagi davlatlar: Fransiya, Serbiya, Vengriya. Vengriya va Serbiya Rossiya bilan ança yaxşi munosabatda. Ötgan yili Xitoydagi yirik tadbirlarda Orban va Vuçiçlar iştirok etib, munosabatlarni iliqlaştirişga harakat qildi. YeI içida ma’lum bir böliniş bor. Si Jinping mana şu bölinişda Rossiya va Xitoy bilan munosabatlari ijobiy bölgan davlatlarga taşrif buyuryapti.
— Xitoyning Rossiyaga ta’sir qilişi evaziga Fransiya nimalarni taklif qilmoqda?
Kamoliddin Rabbimov: — YeIda Xitoyga Ukraina uruşiga ta’sir qilişi evaziga taklif qiladigan paket mavjud emas. Ya’ni YeIning Xitoyga ta’sir qiliş vositalari nihoyatda çeklangan, Xitoyning YeIga ta’sir qiliş vositalari esa köproq.
Yevropa iqtisodiyoti inqirozda pandemiyadan keyin. Xitoy dunyoga yangi texnologiyalar taklif qilyapti. AQŞ bilan strategik ziddiyat fonida çiplar işlab çiqariş sanoatini şakllantirişga muvaffaq bölyapti. Bugungi kunda savdo-iqtisodiy hamkorlikdagi globallaşuv pasayib borib, davlatlar öz avtonomiyasini şakllantiryapti, çunki dunyo katta raqobatlar, konfliktlarga tayyorlanyapti. Şu fonda YeIning Xitoyga ta’sir qiliş vositalari çeklangan va buni YeI yaxşi biladi. Şuning uçun Si Jinping Ukraina masalasidagi takliflarga yöq deyişi yoki e’tiborsiz qoldirişi ehtimoli katta. Fransiyadagi uçraşuvda Yevrokomissiya rahbari Ursula Fon Der Lyayyen Si Jinpingga e’tiroz bildirib, bu masalada befarq qololmaysiz, tinçlik barçamizga muhim, dedi. Lekin bu Si Jinping bu masalani ötkazib yuborişi ehtimoli katta.
Yana bir muhim nuqta. Putin saylovdan keyin yangi muddat prezidentlikka kirişyapti va uning birinçi taşrif buyuradigan davlati Xitoy böladi. Si Jinping va Putin munosabatlari yanada yuqori darajaga çiqişi kutilyapti.
Alouddin Komilov: — Xitoy va Rossiya munosabatlari oldingidan ança yuqori va bu hamkorlik köplab global ambitsiyalarni qamrab oladi. Fransiyaning talablarini qondiriş Xitoyning strategik manfaatlariga qançalik töğri keladi, degan masala bor. Fransiya Xitoyni qondira oladigan paket taklif eta olmaydi.
Pandemiyadan keyin Xitoyning öziga işonçi ança ortib, xalqaro munosabatlarda faollaşdi. “Bir kamar — bir yöl” loyihasiga yana 3 ta qöşimça taşabbus ham e’lon qildi. Şulardan biri — global xavfsizlik taşabbusi. Rossiya Ukrainaga bostirib kirişida bu taşabbusdan legitimlik uçun foydalandi. Xitoyning Ukraina uruşiga ta’sir qila oliş imkoniyatini aytiş qiyin, lekin Xitoyning taşabbusini Rossiya kabi katta davlat qöllaşi uning obrösini oşiryapti.
2023 yil aprel oyida Makronning Pekinga taşrifida kuçli bayonot bergandi, ya’ni AQŞ va Xitoy ziddiyatida YeI Tayvanni qöllamasligi kerak, degandi. AQŞ bosim qilayotgan bölsa ham, YeI Xitoy bilan hamkorlikni davom ettirmoqçi, Ursula fon der Lyayyen aytib ötdi buni. YeIning AQŞ siyosatini qöllamasligi ham Xitoy uçun katta yon beriş sifatida körilişi mumkin.
— Xitoyning Yevropa bilan savdo ziddiyati va "Bir kamar – bir yöl" loyihasi taqdiri qay holatda?
Kamoliddin Rabbimov: — Bu – Xitoy uçun ham, YeI uçun ham muhim loyiha. Yevropa va Xitoy örtasidagi iqtisodiy boğliqlik oşib boraveradi. 2021-2022 yildan boşlab YeIning 2 savdo hamkori örtasidagi tafovut yöqoldi, 2023 yilga kelib esa YeIning birinçi savdo-iqtisodiy hamkori Xitoy böldi hajmga köra, undan oldin AQŞ edi.
“Bir kamar – bir yöl” loyihasining maqsadi – Xitoy mahsulotlarini taşqi dunyoga sotiş va şu orqali Xitoyning iqtisodiy ösişini ta’minlaş. YeI va Xitoy örtasida ma’lum bir ziddiyatlar bor. YeI pandemiyadan keyin Xitoy içki iste’molni kuçaytiradi, taşqi dunyoga, jumladan, YeIdagi işlab çiqaruvçilarga katta bosim qilmaydi deb umid qilgan edi. Lekin Xitoyning işlab çiqariş salohiyati tez tiklandi. Masalan, elektromobillar borasida YeI Xitoydan ança orqada, hatto Germaniya loyihalari amalga oşmay qolyapti yoki qiynalyapti.
Xitoy özining asosiy bozori bölmiş AQŞdan uzilsa, uning asosiy nişoni YeI böladi. Bir konteyner taşiş narxini 4,5-5 ming dollardan 1,5 ming dollarga tuşirişni rejalaştiryapti, buning uçun arzon, sifatli va tez yetkazuvçi transport logistikaga koridorlari kerak böladi, jumladan, Markaziy Osiyo ham.
YeIning xam Xitoy bilan savdo-iqtisodiy hamkorlikka ehtiyoji yöqolgani yöq, çunki Yevropadagi iste’molçilar ham arzon, sifatli mahsulot olişni istaydi. Lekin YeIdagi dilemma şundayki, Xitoy tovarlari köp kelişidan iste’molçilar foyda köradi, lekin işlab çiqaruvçilar kasod böladi. AQŞning strategik maqsadi esa YeI va Xitoy örtasidagi hamkorlikni sekinlatiş.
“Bir kamar – bir yöl” loyihasi töxtagani yöq, bu – Xitoy uçun eng muhim geosiyosiy va geoiqtisodiy loyiha.
Alouddin Komilov: — “Bir kamar – bir yöl” loyihasi bundan keyin ham muhim bölib qoladi. YeIda biror bir dastur boşlaşdan oldin ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy ta’sirlari örganiladi. Buni amalga oşiriş qiyin, çunki standartlar yuqori. Lekin Xitoy YeIga a’zo bölmagan yoki Xitoyga yon bosuvçi davlatlar bilan faol siyosat olib boryapti va dasturlarini ilgari suryapti, Şarqiy Yevropa, Bolqon davlatlari masalan.
Xitoy va YeI savdo-iqtisodiy munosabatlarida asosiy muammo Xitoyning iqtisodiy modeli. Xitoy modeli asosan investitsiya kiritiş, işlab çiqarilgan tovarlarni çetga sotişdan iborat. Xitoy iqtisodiy ösişni saqlab qolişi uçun içki iste’molga ham e’tibor qaratişi kerak, deyilyapti, lekin bu Xitoyning siyosiy manfaatlariga töğri kelmaydi. Mart oyida kommunistik partiya yiğilişida ma’lum böldiki, Xitoy hozirgi modelini saqlab qoladi. Bu esa Yevropa davlatlarida kelişmovçiliklarni keltirib çiqaryapti. Masalan, Xitoy avtomobil işlab çiqarişga katta subsidiya beradi. Bundan taşqari, Xitoy demping uyuştiryapti, ya’ni Yevropa bozorlarini egallaş uçun maşinalarni belgilangan narxdan arzonroq sotyapti, bu esa YeI qonunlariga töğri kelmaydi. Hammaga bir xil qonun-qoida bölişi kerak. Şuning uçun YeI Xitoydan subsidiyalardan foydalanmaslikni sörayapti, lekin Xitoy buni davom ettiryapti. Savdo-sotiqni saqlab qoliş uçun pullarini sun’iy ravişda devalvatsiya qiladi, buning natijasida davlatga katta pul keladi. Agar bu model bekor qilinsa, bu pullar aholiga ötişi kerak böladi. Lekin bu Xitoyning global ambitsiyalariga töğri kelmaydi.
— Xitoyning Yevropa davlatlari bilan munosabati AQŞ bilan örtadagi ziddiyatda qanday örin tutadi?
Kamoliddin Rabbimov: — YeI bugun bir qança murakkab dilemmalar qarşisida qolyapti. Ukraina uruşi boşlanganda Si Jinping Putindan norozi bölgan edi, çunki Ukraina uruşi boşlanmasidan oldin AQŞ YeIdan sekinlik bilan çiqib ketayotgan edi, çunki sovet ittifoqi qulagan, yangi duşman yöq, NATO çegaralarida birorta kattroq ziddiyat, uruşlar yöq edi. Kutilmaganda Putin Ukrainaga bostirib keldi va NATO yangi bir ma’no kasb eta boşladi, bundan esa Si Jinping norozi böldi. Ba’zi bir içki ma’lumotlarga köra, Si Jinping Putinga “Bu konflikt kerak emasdi, yana biroz sabr qilinsa, NATO öz ma’naviy ozuqasini yöqotib, AQŞ YeIdan çiqib ketardi, Germaniya va Fransiya kontinental Yevropa xavfsizligi uçun katta loyihalar boşlayotgan edi”, degan.
Ukraina uruşi boşlangaç, YeI öz xavfsizligi töğrisida alohida öylayapti, çunki bu safar tahdid AQŞning özidan kelyapti. Çunki bu yil AQŞda prezidentlik saylovi, agar hokimiyatga Tramp kelsa, u NATOdan çiqib ketişini bildirgan. AQŞ senator va kongressmenlari qonunni özgartirib, AQŞ prezident imzosi bilan NATOdan çiqa olmaydi, buning uçun Senat va Kongress tasdiqlaşi kerak, dedi. Tramp esa şunday bölsa, biz NATOga a’zolik badalini tölamaymiz, dedi.
YeIning xavfligi bilan boğliq muammolar 3 ta: Rossiyaning agressiv siyosati, Xitoyga bölgan işonçsizlik va AQŞning özidagi ultra önglar,Trampning hokimiyatga kelişi bilan boğliq. Şu fonda YeI imkoniyat, yöl izlayapti, har uçala masalada ham içkarida böliniş bor. YeI Xitoyni öziga döst ham, duşman ham deb bilmaydi, ba’zan opponent sifatida köradi.
Fransiyaning asosiy loyihasi şundan iboratki: Xitoy — dunyoning ikkinçi qudratli davlati, sotib oliş imkoniyatiga köra birinçi iqtisodiyoti ekan, nega biz Xitoy bilan konfliktga borişimiz kerak. Diplomatiya qilib, öz tomonimizga ötkazsak 3 ta masalada yutamiz, ya’ni Putinni çeklaşda, AQŞ ta’sirini pasaytiriş va savdo-iqtisodiy hamkorlikni yuqori nuqtaga olib çiqişda. Lekin Fransiyaning bu loyihasi iş beriş-bermasligini vaqt körsatadi.
— Xitoy iqtisodiy ta’sir orqali Yevropada AQŞning örnini egallaşi mumkinmi yoki baribir ğoyaviy nuqtalar asosiy böladimi?
Alouddin Komilov: — Sovet ittifoqi qulagaç, AQŞning asosiy raqibi Xitoy bölib qoldi. Sobiq ittifoqidan söng AQŞda Xitoy tahdidi degan tuşunça keng tarqaldi. Ba’zi ekspertlar Xitoy maxsus strategiyasi bor, deydi. Xalqaro munosabatlari asosan katta uruşlardan keyin tuzilgan. Yadro quroli paydo bölişi bu kabi uruşlar bölişi imkoniyatini yöqqa çiqardi, çunki bunday uruş barçani yöq qilib yuborişi mumkin. Xalqaro munosabatlarda davlatlar hokimiyati 3 ta narsaga asoslanadi deyiladi: birinçisi — bosim qiliş qudrati, ikkinçisi — diplomatik pora, uçinçisi — qonuniylik. Şu riçaglarni susaytirib, mavjud dunyo tuzumida biri davlat örnini boşqasi egallaşi mumkin, degan nazariyalar ham bor. Xitoyning dunyoda eng boy, eng qudratli davlat böliş ambitsiyasi bor. Bu ambitsiyaga Xitoyning Xalq Respublikasi tuzilganining 100 yilligigaça erişmoqçi.
Kamoliddin Rabbimov: — Nazarimda, YeI va Xitoy örtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik qançalik össa ham, AQŞ örnini egallay olmaydi, çunki AQŞ va YeI yagona tsivilizatsion ittifoqda, asrlar davomida şakllangan bu. YeIda ma’lum bölinişlar bölsa-da, AQŞ örnini Xitoy egallaşi imkonsiz deb öylayman.