09:41 / 02.11.2021
237
Sayxunobod tumanida 80,5 km elektr uzatish tarmog‘i va 28 dona yangi transformator o‘rnatildi

Sayxunobod tumani elektr energiyasi iste'molchilariga 7 ta podstansiya, 992,998 km masofadagi elektr tarmog‘i, 330 dona transformator punkti orqali elektr energiya yetkazib beriladi. Bu haqda «Sirdaryo HeTK» Kun.uz’ga ma'lum qildi.

Foto: Sirdaryo HeTK

2021 yil o‘tgan davrida Sayxunobod tumanida Past kuchlanishli elektr tarmoqlari va transformator punktlarini modernizatsiya-rekonstruksiya qilish va yangilash maqsadida, 80,5 km elektr uzatish tarmog‘i va 28 dona yangi transformator punkti o‘rnatildi.

O‘tgan 2005-2015 yillarda tizimda mavjud eskirgan uskuna va jihozlardan bor yo‘g‘i 27 ta transformator punkti, 43 km masofadagi uzatish punkti rekonstruksiya qilingan va 304ta yog‘och ustun temir-beton ustunlarga almashtirilgan edi.

Oxirgi 4 yarim yil davomida esa bu ko‘rsatkich 153,6 km masofadagi elektr uzatish tarmoqlari, 58 ta transformator punktlari o‘rnatildi va 2 120 ta ustun temir-beton ustunlarga almashtirildi.

Top