16:35 / 03.11.2021
30715

Eng kuchli Android smartfonlar reytingi e'lon qilindi

Xiaomi Black Shark 4S Pro AnTuTu versiyasi bo‘yicha eng kuchli smartfonlar reytingida yetakchi bo‘ldi.

Foto: Xiaomi

Xiaomi Black Shark 4S Pro AnTuTu benchmarki versiyasi bo‘yicha oktabr oyining eng kuchli smartfoni bo‘ldi. Bu haqda Revü nashri xabar bermoqda.

Android smartfonlar testlari natijalariga ko‘ra, Xiaomi kompaniyasining yangi flagmani bozordagi eng samarador smartfon deb topildi. Xiaomi Black Shark 4S Pro Snapdragon 888+ protsessori, 16 gigabayt tezkor va 512 gigabayt doimiy xotiraga ega.

Reytingning yuqori uchtaligidan shuningdek, Nubia Red Magic 6S Pro va Vivo iQOO 8 Pro o‘rin oldi.

Reytingning avvalgi yetakchisi Xiaomi Black Shark 4 Pro to‘rtinchi o‘ringa tushdi. Beshinchi va oltinchi o‘rinlarga Vivo X70 Pro+ va Asus ROG Phone 5s joylashdi.

Yuqori o‘ntalikka kiritilgan barcha qurilmalar Qualcomm Snapdragon 888+ va Snapdragon 888 protsessorlari bazasida ishlaydi.

Xiaomi Black Shark 4S Pro oktabr o‘rtalarida taqdim etilgan.

Top