13:29 / 05.11.2021
328
Toshkentda noqonuniy ravishda kuchli ta'sir qiluvchi dori vositalarini olib kirish holati aniqlandi

Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida qiymati 13 million so‘mlik kuchli ta'sir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi.

Foto: Bojxona qo‘mitasi axborot xizmati

 «Toshkent-AERO» ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksining Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani hududida psixotrop dori vositalarining noqonuniy aylanmasi oldini olish maqsadida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Tadbir davomida fuqaro M.N.ning xonadoni ko‘zdan kechirilganda, xonadonda umumiy qiymati salkam 13 million so‘mlik 51 konvalutada (har birida 10 donadan kapsula) «Selofen» nomli kuchli ta'sir qiluvchi dori vositalari borligi aniqlandi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Top