Davlat xavfsizlik xizmati Toşkent viloyati böyiça boşqarmasi hamda bojxona idoralari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbir doirasida avvaldan kuzatuvda bölgan, poytaxtda yaşovçi 1970 yilda tuğilgan şaxsning Uçtepa tumanida joylaşgan yaşaş xonadoni xolislar iştirokida közdan keçirildi.
Körik vaqtida unga tegişli uydan 1 835 dona “Regapen” nomli kuçli ta’sir qiluvçi dori vositalari topilib, belgilangan tartibda daliliy aşyo sifatida rasmiylaştirib olindi.
Tarkibida katta miqdorda pregabalin moddasi bölgan uşbu psixotrop dorilar biologik faol qöşimçalar idişlariga solingan holda saqlangani va kelgusida ularni dorixonalarda yaşirin tarzda sotiş rejalaştirilgani aniqlandi.
Hozirda mazkur şaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 251¹-moddasi 5-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan hamda unga nisbatan “qamoq” ehtiyot çorasi qöllangan.
Tergov harakatlari davom etmoqda.

















