07:31 / 12.11.2021
4435
O‘zbekistonda skeyt assotsiatsiyasi tashkil etildi 

Toshkentda «Skeyt O‘zbekiston» assotsiatsiyasini ta'sis etish bo‘yicha konferensiya bo‘lib o‘tdi. Unda soha mutaxassislari, «Skeyt O‘zbekiston» assotsiatsiyasini tashkil etish bo‘yicha tashabbuskorlar guruhi va Milliy olimpiya qo‘mitasi vakillari ishtirok etdi.

Foto: Joe O’Shaughnessy

Konferensiyada Aziz Ahmedov bir ovozdan «Skeyt O‘zbekiston» assotsiatsiyasi raisi, Kamol Usmonov bosh kotib etib saylandi.

«Skeyt O‘zbekiston» assotsiatsiyasi quyidagi sport turlarini o‘z ichiga oladi: skeytbording, rollerli konkida uchish, rollerda figurali uchish, rollerda yuqori tezlik, rolikli konkida erkin uslub, shuningdek, erkin slalom, rollerda xokkey, roller derbi, skuter, erkin skuter.

Yuqorida ko‘rsatilgan sport turlari jahonning «World Skate» assotsiatsiyasi tarkibiga kiritilgan bo‘lib, bugungi kunda 160 dan ortiq davlatda federatsiya va assotsiatsiyalar faoliyat olib bormoqda.

2021 yilda skeytbordingning ikki yo‘nalish bo‘yicha Tokio-2020 yozgi Olimpiya o‘yinlari musobaqalari o‘tkazildi. Ushbu sport turi 2024 yilda Parijda bo‘lib o‘tadigan yozgi Olimpiya o‘yinlari dasturiga kiritilgan.

Shuningdek, o‘zbekistonlik skeytbordchilar uchun Parij-2024 olimpiadasiga 12ta litsenziya olish imkoniyati mavjud, deyiladi xabarda.

Mavzuga oid
Top