“Karate (WKF) sport turini yanada rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi prezident qarori loyihasi e’lon qilindi.

Quyidagilar 2023–2026 yillarda karate (WKF) sport turini rivojlantirişning asosiy yönalişlari etib belgilanadi:

  • karateni aholi örtasida keng tarğib qiliş, bu borada yoşlarni sport klublari, sport maktablarining seksiyalari va tögaraklariga keng jalb etiş hamda şu orqali sportçilarning jinoyatlarni sodir etiş va jinoiy guruhlarga qöşilib ketişining oldini oliş;
  • iqtidorli sportçilar, şu jumladan sportçi-ayollarni aniqlaş, tanlaş va saralaş (seleksiya) hamda ularni professional sportçilar sifatida tayyorlaşning barça bosqiçlarini raqamlaştiriş orqali uşbu yönalişda sportçilar tayyorlaşning yangi tizimini yölga qöyiş;
  • maktabgaça yoşdagi bolalarda karatening “Kata” yönalişiga qiziqiş uyğotiş orqali nafas oliş, xotira va konsentratsiyani saqlaş, vestibulyar apparatni çiniqtiriş kabi soğlomlaştiriş işlarini olib boriş, şuningdek, istiqbolda maktabgaça ta’lim muassasalarida xalqaro taşkilotlarning texnik kömak loyihalarini jalb etiş orqali “kids karate” loyihasini işga tuşiriş böyiça tegişli çora-tadbirlarni amalga oşiriş;
  • aholining barça qatlamlari, şu jumladan imkoniyati çeklangan şaxslarning karate bilan şuğullanişlari uçun hududlarda “Karate hamma uçun” dasturini işlab çiqiş va amalga oşiriş;
  • zarur şart-şaroitlar mavjud bölgan umumiy örta ta’lim maktablarida sport maktablari va sport klublarining trenerlarini jalb etiş orqali karate böyiça darsdan taşqari alohida sport seksiyalarini taşkil etiş;
  • karate böyiça zamonaviy sport majmualarini barpo etiş, mavjud moddiy-texnika bazasini mustahkamlaş, ularni zamonaviy sport anjomlari va jihozlari bilan ta’minlaş;
  • hududiy terma jamoalarning asosiy tayyorgarligini olib borişlari uçun ularga Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahridagi sportning yakkakuraş turlariga ixtisoslaştirilgan sport maktablarining inşootlarini asosiy baza sifatida biriktiriş;
  • karatega öqitişning zamonaviy metodikalariga qaratilgan ilmiy-uslubiy va öquv-adabiyotlar bilan ta’minlaş hamda tibbiy xizmatni rivojlantiriş;
  • ommaviy axborot vositalarida soğlom turmuş tarzining muhim tarkibiy qismi va bolalarni barkamol inson etib tarbiyalaşga xizmat qiladigan sport turi sifatida karateni tarğib qiliş.

Özbekiston karate milliy federatsiyasi negizida Özbekiston karate (WKF) assotsiatsiyasi taşkil etiladi.