“Karate (WKF) sport turini yanada rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi prezident qarori qabul qilindi.
2023–2026 yillarda karate (WKF) sport turini rivojlantirişning asosiy yönalişlari belgilandi. Jumladan:
aholining barça qatlamlari karate bilan şuğullanişi uçun hududlarda “Karate hamma uçun” dasturi amalga oşiriladi;
boğçalarda “Kids karate” (kids karate) loyihasi işga tuşiriladi.
Qaror bilan Özbekiston karate milliy federatsiyasi Özbekiston karate (WKF) assotsiatsiyasi etib qayta taşkil qilinib, joylarda uning hududiy bölinmalari faoliyati yölga qöyiladi.
Jismoniy imkoniyati çeklangan va nogironligi bölgan şaxslar örtasida parakarateni rivojlantiriş uçun Özbekiston Milliy paralimpiya qömitasi tuzilmasida parakarate bölimi taşkil etiladi.
2023–2026 yillarda Özbekistonda karate (WKF) bilan doimiy şuğullanuvçilar sonini 55 ming nafarga yetkaziş (jumladan, joriy yilda 40 ming nafar) nazarda tutilgan.
2024 yildan boşlab har yili:
- respublikaning barça hududlarida 7 oktabr kuni – Butunjahon karate kuniga bağişlangan Karate festivali;
- karate va parakarate böyiça nufuzli “Uzbekistan Open” xalqaro turniri;
- belgilangan yoş toifalari böyiça uç bosqiçli (tuman/şahar, hududiy va respublika) çempionatlar va kuboklar;
- karate böyiça davlat sport-ta’lim muassasalari örtasida “Özbekiston çempionati” musobaqasi ötkaziladi.
Yoşlar siyosati va sport vazirligi tizimida Özbekiston karateni rivojlantiriş markazi taşkil etiladi. Mazkur markaz barça yoş toifalari böyiça terma jamoalarning öquv-maşğulot yiğinlarini ötkaziş uçun asosiy sport bazasi hisoblanadi.
2024 yil 1 martgaça joylarda karate bilan şuğullanayotgan, şuningdek, musobaqalarda qatnaşuvçi barça sportçilar töğrisidagi ma’lumotlar töliq raqamlaştiriladi.
2024-2025-öquv yilidan Özbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida karate böyiça bakalavriat ta’lim yönalişiga va magistratura mutaxassisligiga amaldagi öqişga qabul qilişning davlat buyurtmasi parametrlari joriy öquv yiliga nisbatan 2 baravarga oşiriladi.
















