20:01 / 14.11.2021
7304

Fransiya harbiy-dengiz flotining bayroqdor kemasi yaxta bilan to‘qnashib ketdi

O‘rta yer dengizining Iyer orollari yaqinida Fransiya harbiy-dengiz flotining bayroqdor aviatashuvchi kemasi “Sharl de Goll” Polsha bayrog‘i ostida harakatlangan yaxta bilan to‘qnashib ketdi.

Foto: French Navy

Hodisa dengizda ko‘rinish yomon bo‘lgan sharoitda yuz bergan.

Uzunligi 260 metrdan oshadigan harbiy kema 10 metrlik yelkanli yaxta bilan to‘qnashishi oqibatida yaxtaning machtasi sinib ketgan, biroq u suv yuzasida qolgan. Yaxtada yo‘lovchilar bo‘lmagan. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, to‘qnashuv yaxta kapitani aybi bilan yuz bergan.

Ayni vaqtda dengizchilar yaxta bilan xavfli yaqinlashishni nima uchun ko‘ra olmaganlarini aniqlash bo‘yicha taftish olib borilmoqda.

Top