15:02 / 16.11.2021
839
Namanganlik fuqaro G‘ijduvonda 10 mln so‘mlik tilla zanjirni o‘g‘irlab ketdi
Foto: Buxoro viloyati IIB axborot xizmati

Namangan shahrida yashovchi fuqaro G‘ijduvon tumanidagi buyum bozorida o‘g‘irlikka qo‘l urdi. U savdo do‘konidan narxi 10 mln so‘m bo‘lgan tilla zanjirni o‘g‘irlab ketgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 26 oktyabr kuni soat 10:00larda noma'lum shaxs fuqaro A.N.ning “G‘ijduvon Xo‘jai jahon savdo kompleksi” AJga qarashli buyum bozorida joylashgan savdo do‘koniga mijoz sifatida kelgan. U sotuvchining boshqa xaridorlar bilan chalg‘ib qolganligidan foydalanib, do‘konda turgan 10 mln so‘mlik tilla zanjirini o‘g‘irlab ketgan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, kechiktirib bo‘lmas surishtiruv ishlari o‘tkazilgan. Natijada, jinoyatni sodir qilgan ayol bozor hududida o‘rnatilgan kameralarga tushib qolganligi ma'lum bo‘lgan. Tergov harakatlari davomida ushbu jinoyatni Namangan viloyatining Namangan shahrida yashovchi, 1962 yilda tug‘ilgan M.R. sodir etganligi aniqlangan. 

Oldinroq Buxoroda mol o‘g‘irligi bilan shug‘ullanib kelgan jinoiy guruh qo‘lga olingandi.

Top