14:09 / 17.11.2021
2463
1,6 mlrd so‘mlik zargarlik buyumlarining pochta orqali yashirincha olib kirilishiga chek qo‘yildi

Toshkent shahar bojxona boshqarmasining “Bosh pochtampt” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti xodimlari zargarlik buyumlarini yashirincha olib kirishga urinishlardan birini fosh qildi.  

Foto: Bojxona qo‘mitasi axborot xizmati

Xorijdan poytaxtda istiqomat qiluvchi fuqaro nomiga yuborilgan 3 dona pochta jo‘natmasida aslida hujjatlarga muvofiq jami 74 dona oddiy  bijuteriya va qo‘l soatlari bo‘lishi lozim edi.

Ammo, jo‘natmalar belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganida, undagi taqinchoqlar qimmatbaho toshlar va qimmatbaho metallardan ishlangan zargarlik buyumlari ekanligi aniqlandi.

Mazkur holatda 3 ta pochta jo‘natmasida jahonga mashhur nufuzli brendning tilladan ishlangan 664,7 gr og‘irlikdagi 58 dona zargarlik buyumlari, shuningdek 26 dona qo‘l soatlari to‘xtatib qolindi. Mazkur taqinchoq va soatlarning aksariyati esa qimmatbaho olmos toshlari bilan bezalgan.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, ushbu zargarlik buyumlarining umumiy qiymati 1 mlrd 593 mln so‘mdan oshmoqda. 

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tekshiruv va surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda. 

Top