18:40 / 18.11.2021
28170

Chirchiqda zirhli texnikalarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan zavod ochildi

Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida Aksum brendi ostida zirhli texnikalarni ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan yangi zavod o‘z faoliyatini boshladi. Ma'lum qilinishicha, ushbu brendni Birlashgan Arab Amirliklarida Inkas kompaniyasi asoschisi sifatida tanilgan tadbirkor Ulug‘bekxon Maqsumov O‘zbekistonga olib kelgan.

Foto: AKSUM
Foto: AKSUM
Foto: AKSUM

Aksum harbiy sanoat majmuasida harbiylar va fuqarolar uchun ham zirhli avtomashinalar, zirhli sedanlar, zirhli avtobuslar va turli maqsadlarda foydalanish mumkin bo‘lgan zirhli harbiy mashinalar taqdim qilinadi.

2018 yil mart oyida BAAda istiqomat qiluvchi, asli farg‘onalik tadbirkor Ulug‘bek Maqsumov O‘zbekistonda zirhli avtomobillar ishlab chiqarish bo‘yicha zavod qurishni rejalashtirayotgani xabar qilingan edi.

Foto: AKSUM
Foto: AKSUM
fT2Ue74knp4ZWelAN0_mWqrGNC-PrOzd.jpg (1280×853)
Foto: AKSUM

Tadbirkor unda bunday xohish prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston iqtisodiyotiga o‘z mablag‘ini yo‘naltirmoqchi bo‘lgan investorlar uchun qulay sharoitlar yaratish to‘g‘risidagi bayonotidan so‘ng paydo bo‘lganini aytgan.

Foto: AKSUM
Foto: AKSUM
Foto: AKSUM
Foto: AKSUM
Foto: AKSUM

Maqsumov Birlashgan Arab Amirliklariga 2006 yilda sayyoh sifatida kelgan. 2012 yilda u Dubayda INKAS harbiy va noharbiy zirhli avtomobillar ishlab chiqarish bo‘yicha zavodni ochdi. INKAS Dubayda zirhli avtomobillar ishlab chiqarish bo‘yicha eng yirik zavod hisoblanadi.

Birlashgan Arab Amirliklariga safar qilgan SUBYEKTIV jamoasi zirhli texnikalar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi taniqli o‘zbek tadbirkori Ulug‘bekxon Maqsumov suhbatlashgan edi.

Mavzuga oid
Top