08:59 / 19.11.2021
3611
Samarqand davlat tibbiyot institutida O‘zbekiston tibbiyot oliy o‘quv yurtlari talabalarining I forumi o‘tkazildi

Samarqand shahrida joriy yilning 18 noyabr kuni Samarqand davlat tibbiyot instituti tashabbusi bilan O‘zbekistondagi tibbiyot oliy o‘quv yurtlari talabalarining I forumi o‘z ishini boshladi. Forumda respublikadagi sakkizta tibbiyot OTMlaridan yuzdan ortiq talabalar ishtirok etdi.

Foto: Samarqand davlat tibbiyot instituti

Tadbirni SamDTI rektori, professor Jasur Rizayev ochib berdi va talabalarni ushbu forum bilan tabrikladi.

Foto: Samarqand davlat tibbiyot instituti
Foto: Samarqand davlat tibbiyot instituti
Foto: Samarqand davlat tibbiyot instituti

"Forumdan maqsad tibbiyotning fundamental va amaliy fanlari bo‘yicha talabalarning bilim darajasini oshirish, nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llash, tibbiyot oliy o‘quv yurtlari talabalarini jahon va milliy tibbiyot merosiga jalb qilishdir.

Mazkur forum institutimiz talabalari, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi hamda SamMI Union assotsiatsiyasining tashabbusi bilan tashkil qilinmoqda. Institutimizga respublikadagi yettita oliy ta'lim muassasasidan talabalar tashrif buyurdi. Ikki kun davom etadigan talabalar forumi o‘ylaymanki, qiziq va samarali o‘tadi. Forum ilmiy hamda ta'lim yo‘nalishlarida, shuningdek, bahs-munozara va intellektual o‘yinlar tarzida tashkil qilinmoqda. Talabalar bugungi imkoniyatdan foydalanib, o‘zlari tahsil olayotgan oliy o‘quv yurtlarida amalga oshirilayotgan ilmiy izlanishlar, ishlanmalarini keng jamoatchilik oldida taqdimot qiladi. Bir so‘z bilan aytganda, bu forum talaba-yoshlar o‘z qobiliyatini yuzaga chiqarishlari uchun foydali bir maydon bo‘lib xizmat qiladi”, dedi SamDTI rektori Jasur Rizayev.

Foto: Samarqand davlat tibbiyot instituti
Foto: Samarqand davlat tibbiyot instituti
Foto: Samarqand davlat tibbiyot instituti

Forumning birinchi kunida loyiha va roliklar taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Ushbu ko‘rsatilgan loyihalar tibbiyot va tibbiy ta'lim darajasini oshirishga hissa qo‘shishi bilan bir qatorda kelajakda uni targ‘ib qilish uchun eng yaxshi loyihaga SamDTI rektori tomonidan mukofot pullari taqdim qilindi.

Foto: Samarqand davlat tibbiyot instituti
Foto: Samarqand davlat tibbiyot instituti

Forumda Samarqand, Buxoro, Andijon hamda Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutlari, Toshkent tibbiyot akademiyasi, mazkur akademiyaning Urganch, Termiz filiallari, Toshkent davlat stomatologiya instituti hamda Toshkent pediatriya tibbiyot instituti talabalari ishtirok etdi.

Foto: Samarqand davlat tibbiyot instituti
Foto: Samarqand davlat tibbiyot instituti

Shuningdek, forum doirasida Samarqand shahar yoshlar markazida talabalar sammiti bo‘lib o‘tdi. «Ta'lim sifatining pasayishi va shu bilan birga, mehnat bozorida tibbiyot oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilarining raqobatbardoshligining tushishi» mavzusi muhokama qilindi.

Bu kabi dolzarb muammolar bo‘yicha munozaralar olib borildi.

Foto: Samarqand davlat tibbiyot instituti

Forumning ikkinchi kunida sohaning yetakchi mutaxassislaridan ma'ruzalar eshitiladi. Shuningdek, «Zakovat» va «Munozara» intellektual ko‘ngilochar tanlovlari o‘tkaziladi.

Samarqand davlat tibbiyot instituti axborot xizmati

 
Mavzuga oid
Top