Xususan, Samarqand davlat tibbiyot instituti rektori, professor Jasur Rizayev boşçiligidagi 1000 nafar professor-öqituvçi va şifokorlari, magistratura hamda klinik ordinatura talabalaridan iborat köngillilar guruhi viloyat qon quyiş markazida beğaraz donor sifatida qon topşirdi.
Samarqand davlat tibbiyot instituti tarkibida ikkita klinika faoliyat körsatib, ayni paytda ularda qator murakkab jarrohlik operatsiyalari, şuningdek, tuğuruq amaliyotlari ötkazilmoqda. Bu jarayonlarda esa, tabiiyki, qon zaxiralariga ehtiyoj katta.


Viloyatda donorlik qoniga ehtiyoji bölgan köplab bemorlar borki, uşbu xayriya aksiyasi ortidan ularning ham muşkuli oson bölib, soğlom hayotga qaytişiga umid uyğonadi.
Bu kabi xayrli amallarning mamlakatimiz böylab keng yoyilişida har bir fuqaro öz hissasini qöşişi mumkin.
“Qon topşir — hayot in’om et!” xayriya aksiyasi davom etmoqda.
SamDTI axborot xizmati Ⓣ












