Unda Rossiya, Qozoğiston, Qirğiziston, Tojikiston, Ukraina, Belarus va Turkiya davlatlari oliy tibbiyot öquv yurtlaridan 300 ga yaqin talaba-yoşlar bevosita, ikki mingdan ortiq yoşlar onlayn körinişda iştirok etdi.
Tadbirning oçiliş marosimida Soğliqni saqlaş vaziri örinbosari A.Inoyatov, Samarqand davlat tibbiyot instituti rektori, professor J.Rizayev, Birinçi Sankt-Peterburg davlat tibbiyot universiteti rektori, akademik S.Bagnenko, Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori Ş.Jumayev, Toşkent davlat stomatologiya instituti rektori N.Haydarov, Istanbul madaniyat universiteti tibbiyot fakulteti dekani Pençe Sadrettin sözga çiqib, olimpiadaning ahamiyati haqida gapirdilar.

Olimpiadada dastlab 30 ta fan böyiça talabalar test orqali bilimlarini sinovdan ötkazişgan bölsa, ikkinçi bosqiçda ular nazariy va amaliy könikmalarini namoyiş etdilar. Olimpiada özbek, rus va ingliz tillarida olib borildi.


Iştirokçilarning ijodiy işlari va loyihalari xorijiy mamlakatlarning mutaxassislari, professor-öqituvçilaridan taşkil topgan hakamlar hay’ati tomonidan baholab borildi.


















