Matni ÖzAda keltirilgan prezident qaroriga köra universitet tarkibida quyidagilarni taşkil etiladi:
Samarqand tumani, Örtaşiq qişloğida joylaşgan Samarqand viloyati salomatlikni tiklaş şifoxonasi negizida Samarqand davlat tibbiyot universiteti huzuridagi Reabilitologiya va sport tibbiyoti ilmiy-tadqiqot instituti;
Samarqand davlat tibbiyot institutining birinçi va ikkinçi klinikalari negizida Samarqand davlat tibbiyot universitetining
köp tarmoqli klinikasi va Samarqand davlat tibbiyot universiteti ixtisoslaşgan bolalar xirurgik klinikasi;
Respublika ixtisoslaştirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazining L.M.Isayev nomidagi filiali va uning klinikasi negizida Universitet huzuridagi L.M.Isayev nomidagi Mikrobiologiya, virusologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-tadqiqot instituti va uning klinikasi;
Samarqand davlat tibbiyot universiteti huzuridagi Neyroxirurgiya va neyroreabilitatsiya ixtisoslaştirilgan ilmiy-amaliy markazi;
Samarqand davlat tibbiyot universiteti huzuridagi Immunologiya, allergologiya va inson genomikasi ilmiy markazi.
Universitetning asosiy vazifalari va faoliyat yönalişlari etib quyidagilar belgilanmoqda:
- uzluksiz tibbiy-kasbiy ta’lim tizimida yuqori malakali tibbiyot kadrlarini tayyorlaş, qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş;
- öquv jarayonini amaliy könikmalarni şakllantirişga yönaltiriş, xalqaro ta’lim standartlariga asoslangan ilğor pedagogik texnologiyalar, öquv dasturlari va innovatsion öquv-metodik materiallarni keng joriy etiş, klinika va öquv bazalari faoliyatida nazariy bilim hamda amaliyotning uyğunligini ta’minlaş uçun zarur şaroitlar yaratiş;













