23:04 / 22.11.2021
7002
FIFA The Best sovrini uchun nomzodlarni e'lon qildi. Levandovski, Messi, Ronaldu, Benzema da'vogarlar orasida
Foto: Getty Images

FIFA 2021 yilning eng yaxshi futbolchisiga topshiriladigan The Best sovrini uchun nomzodlar ro‘yxatini e'lon qildi.

Unga ko‘ra, Karim Benzema («Real Madrid»), Kevin de Bryuyne («Manchester Siti»), Krishtianu Ronaldu («Manchester Yunayted»), Erling Holand («Borussiya» Dortmund), Jorjino, Ngolo Kante (ikkisi ham – «Chelsi»), Robert Levandovski («Bavariya»), Kilian Mbappe, Lionel Messi, Neymar (uchalasi – «PSJ») va Muhammad Saloh («Liverpul») FIFAning bosh sovriniga da'vogarlik qilmoqda.

Ma'lumot uchun, ushbu nominatsiya g‘olibi milliy jamoalar bosh murabbiyi, sardorlari va mahalliy federatsiyalar matbuot kotiblari o‘rtasida ovoz berish yakunlariga ko‘ra aniqlanadi. So‘rovnoma bugun, 22 noyabrdan boshlanib, 10 dekabrga qadar davom etadi.

Mavzuga oid
Top