20:13 / 22.11.2021
17240
Lukashenko Ittifoq davlatining yagona prezidenti to‘g‘risidagi savolga javob berdi

Belarus prezidentining ta'kidlashicha, bunday mavzu hattoki kun tartibida ham yo‘q.

Foto: Belta.by

Belarus rahbari Aleksandr Lukashenko rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin bilan Ittifoq davlatining yagona prezidenti mavzusini muhokama qilmaganini aytdi.

«Bitta prezident», «ikkita prezident» (...) Qasam ichib aytaman, biz Putin bilan bu masalani hech qachon muhokama qilmaganmiz. Hech qachon», — dedi u.

Lukashenkoning ta'kidlashicha, bunday mavzu hattoki kun tartibida ham yo‘q.

4 noyabr kuni Putin va Lukashenko Ittifoq davlatining integratsiya dekretini imzoladi. Ular avval ma'qullangan 28ta integratsiya dasturi, harbiy doktrina va migratsiya siyosati konsepsiyasini tasdiqladi.

Mavzuga oid
Top