16:43 / 07.12.2021
8011

Arab koalitsiyasi Yamanga aviazarbalar berdi

Ma'lumot berilishicha, aviatsiya Sanodagi ballistik raketa va dronlarga aloqador qator obektlarni yakson qilgan.

Foto: AFP/Getty Images

Ar-Riyod boshchiligidagi arab koalitsiyasi xusiylar Saudiya Arabistoniga qarata ballistik raketa uchirganidan so‘ng jangarilarning Yamandagi obektlariga zarba berdi. Bu haqda “Al-Arabiyya” telekanali xabar qildi.

Ma'lumot berilishicha, aviatsiya Sanodagi ballistik raketa va dronlarga aloqador qator obektlarni yakson qilgan.

Shuningdek, “Sano chekkasidagi g‘orlar va ballistik raketalarning yashirin omborlariga ham zarbalar berildi”, deyiladi “Al-Arabiyya” xabarida.

Saudiya OAVning yozishicha, koalitsiya kuchlari qirollik tomon yo‘naltirilgan ikkita ballistik raketa va portlovchi moddalar o‘rnatilgan dronni to‘xtatishga muvaffaq bo‘lgan. 

Yamandagi qurolli nizo 2014 yildan buyon davom etmoqda. Saudiya Arabistoni boshchiligidagi arab koalitsiyasi Yaman prezidenti Abd Rabbo Mansur Xodiyni isyonchi xusiylarga qarshi kurashda qo‘llab-quvvatlamoqda.

Top