04:16 / 09.12.2021
10282
YeChL. «Chelsi» Rossiyada uch gol o‘tkazdi, «Benfika», «Lill» va «Zalsburg» pley-offda
Foto: DARREN WALSH/GETTY IMAGES

Yevropa Chempionlar Ligasida 6-tur bahslari davom ettirildi.

Ye guruhida yo‘qotishsiz borayotgan «Bavariya» (18) «Barselona»ni (7) javob bahsida ham 3:0 hisobida yengdi. Natijada Kataloniya klubi 21 yilda ilk bor pley-offga chiqa olmadi va Yevropa Ligasiga tushib ketdi. «Benfika» (8) esa «Dinamo» Kiyevni (1) mag‘lub etib, guruhda 2-o‘rinni egalladi. 

F guruhida 1-o‘rin masalasini hal qilib ulgurgan «Manchester Yunayted» (11) «Yang Boyz» (5) bilan durang o‘ynadi. «Atalanta» (6) va «Vilyarreal» (7) o‘rtasidagi to‘qnashuv Bergamoda kuchli qor yog‘ayotgani tufayli 9 dekabrga qoldirildi.

G guruhida «Lill» (11) safarda «Volfsburg»ni (5) mag‘lub etib, 1-o‘rin bilan 1/8 finalga yo‘l oldi. «Zalsburg» (10) «Sevilya»ni (6) Yevropa Ligasiga ravona qildi.

N guruhida peshqadam bo‘lib turgan «Chelsi» (13) Sankt-Peterburgda «Zenit» (5) bilan gollarga boy bahsda 90+4-daqiqada g‘alabani qo‘ldan chiqardi va pley-offga 2-o‘rin bilan yo‘l oldi. «Yuventus» (15) esa «Malmyo»dan (1) minimal hisobda ustun kelib, guruh g‘olibiga aylandi.

Shunday qilib, Chempionlar Ligasida 1/8 finalda o‘ynaydigan 16 jamoadan 15tasi ma'lum bo‘ldi — «Bavariya», «Ayaks», «Liverpul», «Yuventus», «MYu», «Chelsi», «Real», «Inter», «Manchester Siti», «PSJ», «Sporting», «Atletiko», «Benfika», «Lill», «Zalsburg».

So‘nggi yo‘llanma egasi «Atalanta» — «Vilyarreal» bahsida aniqlanadi.

YeChL. 6-tur. 8 dekabr

Ye guruhi
Bavariya — Barselona 3:0
Gollar:
Myuller (34), Sane (43), Musiala (62). 
Bavariya – Noyyer, Pavar, Zyule (Nyanzu, 78), Upamekano, Devis (Richards, 71), Tolisso (Roka, 60), Musiala, Myuller, Levandovski (Tillman, 77), Koman (Sarr, 71), Sane. 
Barselona – ter Stegen, Arauxo, Pike, Langle, Alba (Mingesa, 31), Buskets, de Yong (Puch, 73), Gavi (Demir, 86), Dest (Niko, 46), Depay, Dembele (Koutino, 73).

Benfika — Dinamo K 2:0
Gollar:
Yaremchuk (16), Jilberto (22). 
Benfika – Vlaxodimos, Jilberto (Lazaro, 73), Vertongen, Otamendi, Almeyda, Grimaldo, Mariu (Taarabt, 73), Vaygl, Pitssi (Everton, 59), R.Silva (Bernardu, 82), Yaremchuk (Nunes, 82). 
Dinamo Kiyev – Bushchan, Tymchik, Sirota, Zabarniy, Mikolenko, Tsigankov (Karavayev, 79), Verbich (de Pena, 64), Sidorchuk (Andriyevskiy, 86), Shaparenko, Garmash (Ramires, 79), Buyalskiy.

F guruhi
Manchester Yunayted — Yang Boyz 1:1
Gollar:
Grinvud (9) — Rider (42). 
Manchester Yunayted – Henderson (Hiton, 68), Uan-Bissaka, Matich, Bayi, Shou (Menji, 61), Mata (Sevij, 89), Lingard (Iqbol, 89), van de Bek, Diallo (Shortayr, 68), Grinvud, Elanga. 
Yang Boyz – Fevr, Maseras, Lustenberger, Kamara (Lauper, 77), Lefor, Ngamale, Rider (Hefti, 62), Martins Pereyra, Ebisher (Serro, 62), Sebatsho (Kanga, 62), Elia (Mayyer, 87).

G guruhi
Zalsburg — Sevilya 1:0
Gol:
Okafor (50).
Zalsburg – Ken, Kristensen, Ongene, Sole, Ulmer, Suchich (Kapaldo, 75), Zayvald, Kamara, Aaronson, Okafor (Adamu, 84), Adeyyemi (Sheshko, 66). 
Sevilya – Bunu, Montel (Rekik, 68), Karlos, Kunde, Augustinsson (Mir, 53), Rakitich (O. Torres, 68), Fernando, Jordan, Gomes (Oskar, 68), Okampos, Munir.
Chetlatish: Xordan (64).

Volfsburg — Lill 1:3
Gollar:
Shteffen (83) — Yilmaz (11), Devid (72), Gomes (78).
Volfsburg – Kastels, Mbabu (Baku, 63), Bornauv, Lakrua, Paulo Otavio (Russiyon, 63), Gilavogi (Nmecha, 75), Arnold, Gerhardt (Lukebakio, 46), Vranks, Vegorst, Valdshmidt (Shteffen, 75). 
Lill – Grbich, Chelik (Jalo, 83), Fonte, Botman, Reynildu, Gudmundsson (Gomes, 68), Ikone (Yaziji, 84), Andre, Sanshesh, Yilmaz (Onana, 75), Devid.

N guruhi
Zenit — Chelsi 3:3
Gollar:
Klaudino (38), Ozmun (41), Ozdoyev (90+4) — Verner (2, 85), Lukaku (62).
Zenit – Kerjakov, Karavayev, Lovren, Rakitskiy (Krugovoy, 66), Santos, Kuzyayev (Ozdoyev, 79), Barrios, Vendel (Mostovoy, 51), Malkom (Yeroxin, 79), Ozmun (Dzyuba, 79), Klaudino. 
Chelsi – Arrisabalaga, Aspilikueta, Kristensen, Sarr, Jyeyms, Saul (Alonso, 75), Barkli (Ziyosh, 65), Maunt, Hadson-Odoi (Pulishich, 65), Lukaku (Haverts, 75), Verner.

Yuventus — Malmyo 1:0
Gol:
Ken (18).
Yuventus – Perin, de Vinter (De Shilo, 71), Bonuchchi, Rugani, Sandro, Rabo, Bentankur (Miretti, 90), Artur, Dibala (Morata, 46), Bernardeski (Kuadrado, 82), Ken (da Grasa, 90).
Malmyo – Diavara, Moysander, Nilsen, Ahmedhojich, Olsson, Rakip (Penya, 30), Birmanchevich, Kristiansen, Innosent (Nalich, 89), Berget, Cholak (Abubakari, 78).

Mavzu
Yevropa Chempionlar Ligasi
12 sentyabrdan Yevropa Chempionlar Ligasida yangi mavsum start oldi. 8 guruhda 4tadan jamoa kuzgi bahslarga kirishdi.
Barchasi
Top